Vatan haqida eng sara sherlar to‘plami. Vatan ostonadan boshlanadi. Inson dunyoga kelishi bilan vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga bo‘ladi. Har bir inson umri davomida «vatan menga nima berdi» — deb emas balki, «men vatanimga nima berdim»-deb yashashi kerak.
Ajdodlar bo‘ldilar qurbon vatangaOyoq bosib Chingizlar,
Otdi senga ildizlar,
Ba’zi gumrox beyuzlar,
Sotdilar arzon Vatan!
Hind yurtida qildi sabr,
Seni sog‘inib Bobur,
Yot yurtda o‘lmoq og‘ir,
Sensan bizga jon Vatan!
O‘zga yurtda Furqatlar,
Chekdi qancha zaxmatlar,
Yillab kutdi fursatlar,
Bo‘lmadi imkon Vatan!
Gul bo‘lmayin kul bo‘ldik,
Birovlarga qul bo‘ldik,
Mana endi xur bo‘ldik,
Senga sharof shon Vatan!
Ajdodlarim yod bo’lsin,
Ruxlari ham shod bo‘lsin,
Yurtimiz obod bo‘lsin,
Bizlarga makon Vatan!
Oshdi shuxrat shonim ham,
O‘tar bahtli onim xam,
Senga fido jonim ham,
Xur O‘zbekiston Vatan.
Vatan — Xurshid Davron sheri
Ayting, dalalarda egilgan lahza,
Ayting, quyosh qonga botib yotganda.
Ayting, quvonchu g‘am solganda larza,
Ayting, oq ko‘ylakli tonglar otganda.
Janozada yig‘lab allalar ayting,
Ayting, shuurlaru kurashlar aro.
Toki qalbimizda jo‘sh urgan tuyg‘u,
Farzandlar qalbida bersin aks-sado.
Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang,
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda, xalqim, allang — xotirang.
Beruniy yulduzi, Sino kahkashoni,
Falakdan yo‘limiz yoritib boqsin.
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni,
Farzandlar qalbida jo‘sh urib oqsin.
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan,
Ko‘chib,ifikrlarni yoritsin surur,
Dillarni charog‘on etsin Navoiy,
Qalami taratgan hikmatli shuur.
Mirzo Ulug‘bekning rasadin toqi,
Yurgan yo‘limizga nurlar to‘shasin,
Vatan deb jon bergan har botir xoki
Dilda nafas olsin, dilda yashasin.
Vatan – yurakdagi quvonch, qayg‘u, shasht,
Uni tirik saqlar yurakdagi sas.
Vatan – bamisoli quyoshga o‘xshash,
Vatan ham odamdek oladi nafas.
Vatan — Xoldor Vulqon sheri
Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,
Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.
Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol,
To sahar gulxan yoqib chiqqan cho‘poningman, Vatan.
Barcha jim, tilsiz pisib, mum tishlaganda, xayqirib,
Haq so‘zin dor ostida aytgan zaboningman, Vatan.
Bo‘lmasin ovvora yov oybolta qayrab qatlima,
Qatl etib o‘ldirsa xam o‘lmas omoningman, Vatan.
Yurtda Vulqon cho‘qqidek boshim bulutlardan baland,
Yov uchun mangu o‘tib bo‘lmas dovoningman, Vatan!
Tavallo — Muhammad Yusuf sheri
Vatanim — Muhammad Yusuf sheri
Kim qashqarni qildi makon,
Kim enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig‘ deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to‘qson olti
Urug‘imsan, Vatanim…
O‘g‘lim desang osmonlarga,
G‘irot bo‘lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga,
Navkar bo‘lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug‘beging quchgayman,
G‘ichir-g‘ichir tishimdagi,
So‘lig‘imsan, Vatanim…
O‘tgan kuning – o‘tgan kundir,
O‘z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo‘lin bog‘lab, dilin dog‘lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan,
Dudug‘imsan, Vatanim…
Yoningda qon yig‘lagan bir
Shoiringga qarab qo‘y,
Gar Qo‘qonga yo‘ling tushsa,
Detdomlarni so‘rab qo‘y.
Hech bo‘lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo‘y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug‘imsan, Vatanim…
Sen – shoxlari osmonlarga,
Tegib turgan chinorim,
Ota desam, o‘glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo‘ynimdagi iftixorim,
Bo‘ynimdagi tumorim,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
Vatan — Iqbol Mirzo sheri
Meni olib keting — Abdulla Oripov sheriIssiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar,
Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastani muddaosidan,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin,
Har kim o‘zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Talpingan diyorim, u — O’zbekiston!
Sehrini aytishga bormi hech imkon!
Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Erk haqqi — Abdulla Oripov sheri
Tag‘in gurillab yongay,
O’chmagan qalb oloving,
Erk haqqiga ichilgan,
Qasam muborak bo‘lsin.
Kimsaga yomonlikni,
Ko‘rmagansan hech ravo,
Lekin shum qutqulardan
Chiqmadi sho‘rlik boshing,
Endi seni qo‘llasin,
Zafar o‘zi doimo,
Safaring bexataru,
Xizr bo‘lsin yo‘ldoshing.
Inju diyor uchun — Abdulla Oripov sheri
Inju diyorimiz ko‘z bo‘lsa agar,
Mudom omon bo‘lsin to‘garak zamin.
Boshimiz silagan shu xalq mo‘’tabar,
Daf’atan chekmasin farzandlar dog‘in.
Yangi yil sha’niga aytmoqdamiz so‘z,
Balki o‘tib ketar bir zum bu farah.
Xalqimning mehnatin aylagin ko‘z-ko‘z
Million chanoqlarda ko‘pirgan qadah.
Turkiston bolalariga — Abdulla Oripov sheri
O’t ketsin u qora kunga — birovlarga qul bo‘ldingiz,
Sharqu G‘arbning o‘rtasida oyoqosti yo‘l bo‘ldingiz.
Biroq iymon nuri doim oqib turgan qoningizda,
O’zingiz ham sezmagansiz, bir gavhar bor joningizda.
Ming-ming shukr, zamon kelib istiqbolga erishdingiz,
Xarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdingiz.
Hurlikniyu saodatni muborakbod etgum, lekin,
Aytib qo‘yay, qulog‘ingiz bitgan ekan sekin-sekin.
Nazaringiz tushar avval zebi-ziynat dasturxonga,
Hanuz ta’zim qilmoqdasiz mol-dunyosi bor insonga.
Bo‘y-bastini ko‘rsatguvchi urfoni zo‘r millat qani,
Sizning uchun obro‘ — oltin, arzongarov shuhrat — ma’ni.
Yuragida javhari bor kimsalarni ko‘rmagaysiz,
Karnayi yo‘q bechoraning to‘yiga yo‘l burmagaysiz.
Har qadamga xushomadni o‘z o‘rniga qo‘yolsaydim,
Peshvolarning poylariga haftada qo‘y so‘yolsaydim,
Bo‘lmas edi mendan ulug‘, mendan aziz biror inson,
Oh, xalqimni ne ko‘ylarga solding zamon, solding zamon.
Turkistonning bog‘larida bulbullari bor, holbuki,
Xor bo‘lsa ham tog‘day baland ko‘ngillari bor, holbuki.
Birov u yon tortar bo‘lsa, birov bu yon tortayotir,
Qonsiragan jallodlarning shodliklari ortayotir.
Bilib bo‘lmas rost gap qayda, bilib bo‘lmas qayda yolg‘on,
Malomatga yo‘liqadi, elga: «œBirlash» degan inson.
Turkistonning bolalari, Turkistonning bolalari,
«œPuf» deganda to‘zg‘igudek mo‘’jazgina lolalari.
Chinor bo‘lib ildiz oting, qoya bo‘lib tiklangiz qad,
Ulug‘-ulug‘ ajdodlarning xavotiri Sizdan behad.
Soyangizda panoh topsin horib tolgan qondoshingiz,
Unutmangki, bul chamanda har bir yaproq jondoshingiz.
To‘qayzori bo‘lmasa gar sheru arslon qaydan unar,
Bir manzili bor ekanki, burgutlar ham kelib qo‘nar.
Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkoningiz,
Osilmagan ne-ne Mashrab, otilmagan Cho‘lponingiz.
O’tinch ila hasratimni nasihat deb yuzga solmang,
Xudo insof bergan kuni barmog‘ingiz tishlab qolmang.
Muruvvatu ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,
Qadam qo‘ying, mana sizga dong‘il yo‘lning ostonasi.
Turkistonning bolalari, Turkistonning bolalari,
«Puf» deganda to‘zg‘igudek mo’jazgina lolalari.
Ummon ortidagi makon — Abdulla Oripov sheri
Nechun xushnud bo‘lmay, dilimni yormay,
Ummon ortida ham bordir makonim.
Dunyoning qaysi bir burchiga bormay,
O’zing boshpana bo‘l, O’zbekistonim!
Vatan sening onang
Ona vatanimXar go‘shangda ochilar gullar,
Bog‘- u rog‘laringda pishgan mevalar.
Erta bahorda sayrar bulbullar,
Dostonlarda bitilgan, Ona Vatanim.
Alloh sevgan yurtning bandalarimiz,
Kuchli, baquvvatli farzandlarimiz.
Bilimda yengilmas shoiralarmiz,
Dunyoda tengi yo‘q, Ona Vatanim.
Sevaman vatan
Bu yorug‘ jahonda yo‘g‘u borimsan,
Tilimning ostida novvot-zarimsan,
Sen mening yagona Payg‘ambarimsan,
Men Bilol, Men Habash — Qulday sevaman!!!
Vatanim seni sog‘indim
Vatan devorlariBo‘lmaganda Go‘ri Amirning,
Toshlariga bitilgan ko‘klam –
Hayratlanib qoshida sirning,
Viqor bilan to‘lmasdi ko‘krak.
Yurmas edik bunchalar tetik,
Bo‘lmas edi tanda ruh obod.
Bor bo‘lardi yurakda kemtik –
Bo‘lmaganda oddiy Ruhobod.
Imom Buxori-yu Shohi Naqshband,
Imom Termizi-yu, Najmiddin Kubro —
Bobolarning ravshan imoni,
Yuraklarga beradi oro.
Biz ularni bilmasak agar,
Porlamasdi buncha ko‘zimiz.
Osmonlarni titratmas edi,
She’r aytganda sas, ovozimiz.
Ona deymiz vatanni
Zilzilani kutgan asbobdek,
Sergak bo‘lsin doimo yurak.
Aldamasin xuddi sarobdek,
Aldoqchi his, o‘tkinchi ermak.
Yelkalarni tutaylik, toki,
Qudrat bilan to‘lsin yelkamiz.
Yelkamizda ko‘zimiz oqu,
Qorasi – yurt, ona o‘lkamiz.
Yelkalarni tuting… Devorlar,
Cho‘kib borar – Vaqt qilmas shafqat.
Qulaganda… Qulaydi ular,
Bolalarning ustiga faqat.
Biror yurtni topolmadim
Ona diyorAllomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i,
Mustaqil O‘zbekiston!
Sportchimiz, bardammiz,
G‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin,
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin,
Hur ona-diyorimiz!
O‘zbekiston qomusi
Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –
O‘zbekiston qomusi.
Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O‘zbekiston qomusi!