Bayroq haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Kattalar va bolalar uchun O‘zbekiston Bayrog‘i haqida sherlar to‘plami.

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.


O‘zbekiston bayrog‘i Iqbol Mirzo: O‘zbekiston bayrog‘i

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.


Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Abdulla Oripov: O‘zbekiston bayrog‘i


O‘ylama, ha, olamda
Nasibiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.

Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaverar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir sanat yaratibdi,
Maqsadi — bir burda non.

Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.


Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,

Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot mo‘l
O‘zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.

Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.


Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.

Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Yani Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.

Bejavob qolaverdi
Uning dardi so‘rog‘i,
O‘sha-o‘sha zamin kar,
O‘sha-o‘sha gung oftob.


Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.

Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.

Hilpirayver bayrog‘im


O‘n ikki yulduz asli,
Viloyatlar ramzidir.
Bu bayroq Vatanimiz
Chiroyidir, faxridir.

O‘zbekiston ramzlari

Millat bayrog‘i

Mangulik hur yo‘lidasan,
O‘ngidasan, so’lidasan.
Ozod xalqning qo‘lidasan
Porla, Millat bayrog‘i.

Qo‘limda bayroq


Hilpilla bayrog‘im!

Vatan bayrog‘i Yurtim bayrog‘i

O‘zbekcha bayroq!


Yashil rang uyg‘onish yasharish demak
Yashillik yarashar go‘zal bo‘stonga
Navqiron umidli shodumon yoshlar
Timsoli ko‘rk berar O‘zbekistonga.

Bayrog‘imda

Bir bayroq ostida

Kechdi bu zamindan Manguberdilar
Kubrolar, Temurlar shavkati-shoni
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt
Bir bayroq ostida yashnadi zamon.

Istiqloldan keyin ajdodlar tug‘in
Yangiladik ne tong erk bo‘ldi qarov
Balqdi tantanavor boshimiz uzra
Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.

Mo‘tabar bayrog‘im


12 baxt yulduzi.
O‘ziga xo‘p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.

Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog‘i
Bizga juda mo‘tabar
O‘zbekiston bayrog‘i.

Bayrog‘imiz dunyo uzra

Bayroq ranglariga sher

Oy:
Men bilan tarix bog‘liq
Ayni paytda esa men
Sizlarga muhim bog‘liq
Mustaqillik ramzi ham.

Yulduz:
O‘zbek xalqi qadimiy
Madaniyat beshigi
Tuprog‘ida saodat
Komillikdir eshigi.

Istiqlol bayrog‘i

Ona yurtim jon yurtim
Hur O‘zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog‘ini
O‘pib yuzimga surtdim.