Xurshid Davron. Xotira she’rlari Xurshid DavronXOTIRA SHE’RLARI1941 YIL. 22 IYUN`. TONGOTARUlarni otishdi tong pallasida…Otasin qo’lini ushlagan go’dakMiltiqlarga qarab sekin so’radi,So’radi: «O’q tegsa og’rirmi, dada?»Uning ovozini bosdi guldurak…Bahorda jarlikni qoplar o’t-o’lan,O’tlar uzra suzib o’tar oq bulutVa shunda bir chechak achchiq dard bilanTinmasdan shivirlar: «Og’rirkan, dada!»Bu nola hech qachon bo’lmaydi unut…* * *Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan Nuriddin tog’amga…Sovuq shamol meni quvadi,Sokin shahar ko’chalarida.Qizlar esa meni sevadiOlis bahor kechalarida.Sizni sevgan u qiz tirikmi?Qiynaydimi xotira rasmi?Tunlar uning boshi egikmi,Nuriddinmi o’g’lining ismi?1977* * *Qo’shoq aka, uxlamaysiz,Qishning uzun kechasi,Yoki o’ylab qiynalarsizQo’ldagi o’q parchasin.Rajab aka, siz ham uyg’oq,Yengolmassiz qiynoqni,Sog’indimi yo o’ng oyoqKesilgan chap oyoqni.Yarim tunda, qishloq aroUchar g’amgin xayollar,Erlarini, o’g’illarinYod etadi ayollar…1972* * *Beva hovlisiga tun oldin kirar,Quyuqlashib borar dilda xotira.Devorda, suratda: bir yigit kular,Yonida jilmayar bir qiz bokira.Beva eng chiroyli ko’ylagin kiyib,Ochiq derazadan termular g’amgin.Xona burchagida g’amdan entikib,Eski plastinka g’ijillar tag’in.Oqshomlari qiyin bo’lar bevaga:Xotiralar dilga kirar quralash.Og’ir bo’lsa hamki, tasvir bo’lsa hamSuratga jilmayar ko’z yosh aralash.1974FRONTOVIK HAQIDA BALLADAUrr-a-a!Qichqirar, bo’g’ilar yarim tunda u,Xotini dahshatdan turadi sapchib.U esa emaklar, (emaklaydi tun),Yelkada yarador do’stin opichib.Tun uyqusiraydi.Tun baqiradi:“Batal`on, orqamdan!”Ingraydi asta.Kimnidir bo’g’ilib u chaqiradi.Eski yaralarning kuyi ostidaVa yana oldinga, yana oldinga,Musht bo’lib tugilar titroq qo’llari.Xira qorachiqdan kinolentadekO’ta boshlar olis urush yo’llari.Xotini uyg’otar…Biroq urushningVahmidan qutulib ketolmas qalbi.Qo’lda papirosning rangin qutisiG’ijimlanar so’nggi oboyma kabi.1975JIGARLARIMVatan chegaralarini himoya qilib qurbon bo’lgan o’zbek o’g’lonlari xotirasigaVatan uchun jonin bergan jigarlarim,Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim,Xoinlarni itday qirgan jigarlarim,Unutmaydi nomingizni ona Vatan.Volidangiz:«Farzandimdan roziman» — der,Rizoligin aytar sizga shu ona yer,Ey,Boburjon, ey,Ulug’bek, ey Alisher,Nomingizni unutmaydi ona Vatan.Ortingizda o’zbek degan millat qoldi,O’zbekiston degan ulug’ davlat qoldi,Sizdan meros jasoratu shiddat qoldi,Sizni aslo unutmaydi ona Vatan.Siz tufayli uyim tinchdur,baxtim omon,Siz tufayli kunlar kelar dorilomon,Ey G’afurjon, ey Mahmudjon, ey Elomon,Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.Sadoqatni jo aylab siz dilingizga,Belbog’ boylab shijoatdan belingizga,Ko’kragingiz qalqon bo’ldi elingizga,Sizni abad unutmaydi ona Vatan.Toki o’zbek, O’zbekiston dunyoda bor —Sizlar ila qilar faxr va iftixor,Ey Qahramon, ey Ma’rufjon, ey Sayyor,Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.Haqqingizga duo aytar Temur bobo,Duo aytar To’marisdek qutlug’ momo,Duo aytar qoningizni ichgan giyoh,Unutmaydi nomingizni ona Vatan.Endi sizga Alpomishlar yo’ldoshu yor,Endi sizga abadiyat aytar alyor,Ey Yunusbek, Abduxalil, ey Doniyor,Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.Vatan uchun shahid ketgan jigarlarim,Or-nomusni baland tutgan jigarlarim,Abadiyat sari ketgan jigarlarim,Unutmaydi nomingizni ona Vatan.XOTIRA MAYDONISerzarda zamonlar o’tdilar qator,O’tdilar yillaru oylar rang-barang.Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,Bo’lmaganda ,xalqim,sening xotirang.Sen o’zing naqsh etding hayot qissasin,Sen o’zing so’ng uni aylading bayon.Olis bobolarning bosgan har izinO’zing avlodlarga etding namoyon.Dillardan zulmatni quvay deb yonganNavoiy qalamin yoritgan chiroq,Hazrat Sohibqiron tuzuklaridanKo’chib,fikrlarni yoritgan chaqmoq,Ona To’marisning shonli qismati,Jaloliddin tig’i taratgan jarang,Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,Bo’lmaganda,xalqim,sening xotirang.Imom Buxoriyning shaffof imoni,Ulug’bek fikrida balqigan yulduz,Mahmud Torobiyning muqaddas qoniSening xotirangda saqlanar hanuz.Shu bois nomingni yo’q etay deyaYovlaring xotirang buzmoqchi bo’ldi,Yolg’onu tuhmatlar, uydirma ilaTarixing qaytadan tuzmoqchi bo’ldi.Seni johil dedi,savodsiz dedi,Aldamoqchi bo’lib butun dunyoni.Dunyo bilar edi — unga sen berdingBuyuk Xorazmi-yu ulug’ Sinoni.Istiqlol bayrog’i yuksaldi baland,Yana nasib bo’ldi ozod istiqbol,Uch ming yillik ko’hna tarixingni hamBag’ringga qaytardi shonli istiqlol.Istiqlol qadimiy o’zbek nominiQaytadan kashf etdi ahli jahonga.Qadrlab har mudom o’zbek shonini,Dunyoni qaratdi O’zbekistonga.Dilda Xotirani imondek saqlang,Dilda bo’lsin ota- onaning yodi.Chechakday ko’karsin qalblar bog’idaOlis ajdodlarning so’ngan hayoti.Unutmang,yashamay yigit yoshini,Bo’sa mazasini bilolmay hatto,Necha erlar yerga qo’ydi boshiniJonini yurtiga qilgancha fido.Ularning yodini e’zozlab yashang,Safda yurganlarni qadrlang mudom.Xotira maydonin lavhalaridaBitilsin har bitta unitilgan nom.Motamsaro Ona qoshiga boring,Yashirmay ko’zlardan oqqan yoshingiz.Shahidlar yodini eslab,bir lahzaOyog’i ostiga qo’ying boshingiz.Xotira bor ekan,tirikdir millat,Tirikdir iftixor,tirikdir g’urur.Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,Xotira — ertani yoritguvchi nur.Hatto maysaning ham xotirasi bor,Maysa xotirasi — nurga intilmoq.Ko’karsa — ikkiga bo’lib tashlaydiYo’lining ustida tursa hatto tog’.To quyosh osmonda porlab turarkan,Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!Har bir fojiaga,har bir sharafga,Baho bermoqqa ham yolg’iz sen haqli!Zamonlar o’tajak quyun singari,Necha yulduz so’nib,tamom yitajak.Sening yoding borki,yorug’ kunlargaBizning ko’zlar ila boqar kelajak.Ishonaman, o’sha olis ertada —Fasli novbahorning mas’um pallasiXotira bog’iga kelib bosh egarOlis kelajakning erka bolasi.Uning ko’zlarida yongan shuurdaNavoiy hikmatin nuri ko’ringay,Uning yuragida jo’shgan g’ururdaBobolar yuragin qo’ri ko’ringay! Sherlar 0 1 2 3 4 5 Жалоба 32 0 8-12-2023, 07:00