Yuridik universitetga o`qishni ko`chirish uchun necha ball to`plash kerak? (Jadval)
2021/2022 o`quv yilida xorijiy oliy ta`lim tashkilotlari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta`lim tashkilotlaridan talabalar o`qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko`chirish bo`yicha o`tish balli test sinovlari o`tkaziladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bo`yicha to`plash mumkin bo`lgan maksimal ballning 56 foizi etib belgilandi.
Ma`lumot uchun, 2020/2021 o`quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti fakultetlarining kirish ballari o`zbek guruhlariga 170 balldan hamda rus guruhlari 150 balldan yuqori bo`lgan.
Ta`kidlash joizki, 2020/2021 o`quv yilida xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishni ko`chirish bo`yicha o`tish bali 100 ball etib belgilangan. Mazkur o`quv yilida xorijiy oliy ta`lim muassalaridan Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishni ko`chirishni so`rab 391 nafar fuqarolar murojaat qilgan bo`lib, bundan tashqari O`zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta`lim muassasalaridan 65 nafar fuqarolardan o`qishni Toshkent davlat yuridik universitetiga ko`chirish bo`yicha kelib tushgan.
Ma`lumot o`rnida: Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimidagi yuridik fakultetlar mavjud bo`lgan oliy ta`lim muassasalari, ya`ni Termiz davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Namangan davlat universiteti hamda Qoraqalpoq davlat universitetiga xorijdan yoki O`zbekistondagi nodavlat oliy ta`lim muassasalaridan o`qishni ko`chirish bo`yicha o`tish bali to`plash mumkin bo`lgan maksimal ballning 35 foizi etib belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyundagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomga muvofiq, Filialda ta`lim olayotgan talabalar o`qishini boshqa oliy ta`lim muassasalariga, shuningdek boshqa oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini Filialga ko`chirish mumkin emas.