O‘tish bali olish uchun nechta testni to‘g‘ri yechish kerak?

❓56,7 ball to‘plash shunchalik qiyinmi? Nechta savolga to‘g‘ri javob berish kerak edi?


Xushnudbek Xudoyberdiyevning tushuntirishicha ushbu balni olish uchun quyidagicha javob berish kifoya edi:


Majburiy blokdagi 10 ta savoldan 5️⃣ tasiga;

Mutaxassislik blokidagi 30 ta savoldan 8️⃣ tasiga.


Shunda 58,1 ball olish mumkin edi. Kechirasizlaru, buning nimasi qiyin?


Majburiy blokdagi savollar o‘ta va o‘ta oson darajada bo‘lsa, mutaxassislik blokidagi 30 ta (!) savollarga esa hammasini bitta harf, masalan «A» qilib belgilasa ham 8 ta atrofida chiqsa, nahotki 550 ming abituriyentlar shuni ham eplay olmagan? Bu dahshat emasmi?


Yoshlarni gapirtirsa, darrov «ota-onam kambag‘al, sharoitimiz yo‘q, repetitorga pulimiz yetmaydi», deb gap boshlaydi va aybni osongina otasiga, oilasiga to‘nkab qo‘ya qoladi. Vaholanki, hech bo‘lmasa 2 baho darajasida o‘qish uchun repetitorga borish shartmas. Ozgina qo‘liga kitob olsa, salgina ko‘nglida xohish bo‘lsa yetarli edi.


Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, abituriyentlarning umumiy bilim darajasi ancha past.


❓Sizningcha, nega bilim darajamiz xavotirli darajaga kelib qoldi? O‘quvchilarning katta qismi eng elementar va sodda bilimlarni ham bilmasligiga sabab nima?