Nogironligi bor abituriyentlar diqqatiga!

Qonunchilikka ko‘ra, 1 va 2-guruh nogironlari uchun o‘qishga kirishda tegishli imtiyoz beriladi, aniqrog‘i ular uchun umumiy kvotaning 2%i miqdorida davlat granti uchun alohida joy ajratiladi.


Nogironligi bor shaxslar uchun qo‘shimcha kvota mana bu yerda


Ammo ayrim nogironligi bo‘lgan shaxslar DTM saytida ro‘yxatdan o‘tgan paytda ularning nogironligini tasdiqlovchi ma’lumot ko‘rinmayotgan ekan. Bu esa ularning alohida kvota bo‘yicha tanlovda qatnashishiga to‘sqinlik qiladi. Abituriyentlar DTM saytida nogironligi borligini o‘zlari ko‘rsata olmaydi, anketada bunaqa band yo‘q.


Mazkur masalaga aniqlik kiritish uchun tegishli mutasaddilar bilan bog‘landik. Ularning ma’lumot berishicha, hozirda maksimal darajada barcha nogironligi bo‘lgan shaxslarning ma’lumotlari DTM bazasiga kiritilgan. Faqat ma’lumotlarni elektronlashtirish chog‘ida ayrim shaxslarning ma’lumotlari qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Agar nogironligi bor shaxslar murojaat qilgan taqdirda ular tezda muammoni bartaraf etishlarini ma’lum qildi.


Shu sababli biz markazlashgan holda nogironligi bor shaxslarga yordam berish maqsadida maxsus anketa tayyorladik.


❗️Agar qaysi abituriyentning nogironligi borligi haqidagi ma’lumot DTM saytida ko‘rinmayotgan bo‘lsa, quyidagi anketani to‘ldirishingizni so‘raymiz, biz tezda mutasaddi shaxslarga buni yetkazamiz va muammongizni hal qilishga ko‘maklashamiz.


Anketani to‘ldirish: 📲 https://forms.gle/E3b9cxhv2wMwMCVZ8


ℹ️ ushbu anketa faqat DTM saytida ro‘yxatdan o‘tgan hamda imtiyozlar bo‘limida nogironligi borligi haqida ma’lumot ko‘rinmayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan.