Amir Olimxonning boyligi qancha bo’lgan?

Amir Olimxonning boyligi qancha bo’lgan?


Buxoroning oxirgi amiri bo’lgan xonning boyligi haqida juda ko’plab yozishmalar mavjud va ular asosida boyligini hisoblab chiqamiz:


Boyliklar Rossiya armiyasi tomonidan dalolatnoma 1193 ga asosan quyidagilar bo’lgan (https://www.google.com/amp/s/prclub.spb.ru/2019/11/08/emir-buharsky/%3Famp):

— qimmatbaho toshlar, olmos, marvarid (1041 karat).

— 53 ta yirik olmos.

— oltinlar (424 kg).

— xazinada pul ko’rinishida (https://dolorestravel.com/ru/blog/news-gold-of-amir) o’sha davrdagi (1920 yil) kursi bo’yicha tenglashtirilga $20 mln (inflyatsiya bilan bugungi kunga kelib bu qiymat $253 mln).


Otin va olmoslarning bugungi kundagi narxi bo’yicha hisoblasak:

• 1 karat olmos $20 ming atrofida turadi (https://dprom.online/mtindustry/skolko-stoyat-almazy/);

• 1 dona yirik olmos $1 mln atrofida turadi:

• 1 kg oltin $58 ming 735 atrofida ekan (https://www.worldforexrates.com/ru/xau/usd/1-exchange-rate/):


(1041 * 20 ming) + (424 * 58735) + ( 53 * 1 mln) + 253 mln = $351 mln 723 ming 640


Jami boyliklari hozirgi qiymat bo’yicha $351 mln 723 ming 640 ekan.


P/S: Yuqoridagi boyliklar faqat hujjatlardagilardir, ba’zi manbalarga qaraganda Amir bundan ancha ko’pini yashirishga ulgurgan.


@NarxiQancha | Manba (https://www.google.com/amp/s/prclub.spb.ru/2019/11/08/emir-buharsky/%3Famp)