Tushda Baliq ko’rsa

Tushda Baliq ko’rsa
tush-tabiri
Baliq- ikkiyuzlamachilik, qiyinchiliklar, beqarorlik ramzidir. Osmondan tushayotgan baliqni yoki baliq yomg’irini tushda ko’rish-yomon alomat! Ekologik xalokatdan, musibatdan darak beradi. Baliq tutayotganlik tushga kirsa — qiyin ahvoldan chiqishga urinishni bildiradi. Baliqlarning to’planib qolganligini tushda ko’rish — taqdir ixtiyoriga o’zingizni ko’pam topshiravermang, yo’qsa o’zingizning imkoniyatingizni boy berasiz. Tushingizda uchta baliqni ko’rsangiz — omadim keldi deyavering. Agar tushda baliq yeyayotgan bo’lsangiz, kutilmagan, ammo yaxshi xabar olasiz. Odam basharali baliq tushda ko’rinsa — yadro urushidan dalolat beradi. Tushingizda bir baliq boshqa bir baliqqa ^xujum qilayotganligini ko’rsangiz — bu, suv osti kemasining xujumidan xabardor etadi. Agar sasigan baliq tushingizga kirsa — kutilmagan ovozalar tufayli sizning e’tiborli kishi bilan munosabatlaringiz buziladi. Tushda jonli ko’p baliqni ko’rish-sizning matonatingizni va bardoshingizni bildiradi.