Q
Qabrga kirmoq. Kim tushida qabrga kirsa qamaladi.
Qaynoq (issiq). Kim tushida yeb-ichadigan narsani qaynoq ko’rsa, rizqqa, omadsiz bo’lish, mashaqqat, harom kasb va baraka ketishiga dalolat. Kim issiq qaynoq suvda g’usl qilayotganini yoki qaynoq suv ichayotgan mayitni ko’rsa, demak, u olovda ekan.
Qaynoq tosh. Kim tushida eshigi oldida qaynoq tosh o’ynayotganini ko’rsa, begona yurtda boshliqlikka erishadi.
Qaytaruvchi. Uni tushda ko’rish yo’l to’suvchiga, amalni botil qilishga dalolat qiladi.
Qalam. U xodima ayol tomonidan keladigan manfaat va farzand tomonidan keladigan obrudir.
Qalam uchi. Qalam uchi balodir.
Qalampir, murch kabilar. Hardal, tuzlangan kichkina baliq va ishtaha ochuvchi qo’shimchalar fahmdir.
Qalin va ulangan soch. Soch qalin va ulangan bo’lsa, boyligiga boylik qo’shiladi.
Qalqon. Qalqon barcha fazilatda do’stlari uchun o’rnak bo’lgan, itoatkor, tabiati yaxshi va odobli kishi bo’lib, ularni himoya qiluvchi, ularga yordam ko’rsatuvchidir. Agar qalqon bilan birga qurol ko’rsa, dushmanlari unga ziyon yetkaza olmaydi.
Qalqon yasovchi. Qalqon yasovchi askarlarini dushmanga qarshi qiziqtiruvchi kuchli sultondir.
Qamoq xodimi. U go’rkovga dalolat qiladi.
Qamoq hibsxona. Qamoqqa tushish uzoq umr va ko’ngliga yaqin insonlar bilan yig’ilishga dalolat. Yana qamoq qayg’u va tashvishdir.
Qamchi. Kim tushida ehtiyojlarini qondirilishini va iltimos balarilishiga shuningdek, dushmanning yengilishiga dalolat. Farzand yoki yordamchi dastyor do’stga ham dalildir.
Qamchi yog’sa. Agar osmondan qamchi yog’sa, nafrat, g’azab va azobga dalildir.
Qamchi bilan urish. Agar tushda betartib kishini qamchi bilan savalasa, unga pand nasihat qiladi.
Qand sotuvchi. U tushda mehribon va muloyim kishini anglatadi.
Qanot. U tushda o’g’il farzanddir. Ko’pincha u obruga ham dalolat qiladi.
Qanotli ot. Otning qanoti dunyo-yu, oxiratda azizlikdir.
Qasida. Agar tushda kim biron yig’inda qasida aytganini ko’rsa, nifoqqa moyil bo’lgan hikmatga ishora.
Qazg’oq. (chaqaloq boshidagi). Tushdagi qazg’oq poklikka dalolat.
Qassob. U tushda odamlarni halok qiluvchi kishidir. (Agar libosi kir qo’lida pichoq bo’lsa). Agar libosi toza bo’lsa, tush ko’ruvchining umri uzoq bo’ladi.
Qarz. U tushda xorlik va xo’rlik.
Qatiq. Qatiqda xayr yo’q. Yana u dasturxondagi rizqdir.
Qahva idishi. U tushda zuhd, ibodat, farzand, xodim, safar, do’st va dinu oxirat uchun yordamchiga dalolat qiladi.
Qiz. Tushdagi yosh qiz, ayol uchun qaysi holatda ko’rishidan qat’iy nazar dushman ayoldir.
Qiz chaqaloq. Go’dak qiz tush egasi uchun boylikdir. Agar ayol o’zini go’dak holda ko’rsa, u ayol abadiy tug’maydi. Agar homilador ayol ko’rsa, qiz tug’adi.
Qizilishton Agar xotin kishi qizilishtonni ko’rsa, shak bilan tuxmatga qoladi.
Qizil mato U tushda pokiza xotin bo’lib, kim uni topib olsa, serxaridor, boy, chiroyli xotinni qo’lga kiritadi.
Qizil shamol tushda ko’rilgan qizil shamol ota-onaning oq qilishi yoki razil ishlar sodir bo’lish darakchisidir.
Qilich taqmoq agar qilichni yoniga taqib olganini ko’rsa, u qo’rqmas, jasur va kuchli kishi.
Qilich sopi qilichning sopi – ota yoki amaki. Ona yoki xola deb ham aytiladi.
Qilich sopi sinishi uning sinishi ota yoki amaki yo ona yo xoladan birining vafotidir.
Qilich o’ynatish Hokimiyat boshqaruvidagi mohirlik va uddaburonlikka ishora.
Qilichfurush Uni tushda ko’rish dushmanlar ustidan g’olib kelish va ishonchli va qat’iy dalillar keltirish hamda ochiq oydinlik va ravshanlikka dalolat.
Qirindi U tushda xodimlari bor boshliq ayolga ishoradir. Undan ichish ayoldan yetadigan moldir.
Qirqilgan qamchi Kim tushda buni ko’rsa, saltanatga ega bo’ladi.
Qirqilmagan qamchi Agar tushda buni ko’rsa nafaqa va sadaqalarga ega bo’ladi.
Qisqa soch Bu tashvishning ozligidir.
Qisqichbaqa u makr hiylasi ko’p kishi. Yana aytadilarki, harom molga yetadi.
Qisqichbaqa go’shtini yeyish Bunda uzoq yerdan yaxshilikka erishadi.
Qichima kasalligi Bu kasalda suv bo’lmasa, g’am va o’z yaqinlaridan yetadigan mashaqqatdir. Agar suv bo’lsa qiyinchilikdan qutilib, molga erishishdir.
Qovdagi tuklar Ushbu junlar sunnatdagi nuqsonlardir.
Qovoq (ko’zdagi) Agar og’rimayotgan bo’lsa, u barcha odamlar uchun yaxshilikdir. Agar unda yaralar bo’lsa, g’am va xafalikka dalolatdir.
Qovurilgan kunjut Bu yomonlik va toliqishdir.
Qon Bu tushda harom mol yoki gunoh ishdir.
Qop sotuvchi yoki uni to’quvchi U tushda bilag’on kishi bo’lib, yana odamlarning yomoni bo’lishi ham mumkin. Kim qop tikuvchining qop tikayotganini, oldi-sotti qilayotganni ko’rsa ilmi yo moli bilan bog’liq ishlarni mustahkamlaydi.
Qop-qoralik. U obro’li va diyonatli boy xotindir.
Qora soch. Ayol kishi sochining qoraligi erining muhabbatiga ishoradir.
Qora kiyim. Qora rangli libos kiyishga odatlangan kishi tushida uni kiysa, yoqimsiz ishga yo’liqadi. Uni kiyishga odatlanganlar uchun esa yaxshilikdir. Yana u kasalning o’limiga dalolat.
Qora yuz. Yuzning qoraligi dinni tark etishda rahbarlik qilishga dalolat. Kimning yuzi qoraysa va oq libos kiygan qizli bo’ladi.
Qora munchoq. U shubhali moldir. Farzand kutayotganlar uchun uning tug’ulishiga ishora. Yana ikkiyuzlamachi do’st.
Qora uzum. Qora uzum uzoq turmaydigan mol-davlatdir.
Qorayalloq (qush). U tushda kotib, olim, adabiyotshunosdir.
Qorin. U tushda molini, ahli oilasini va sirini saqlovchiga dalolat qiladi. Shuningdek, qamoq, qabr, sir, salomatlik va kasallik, do’st hamda omonatchiga dalildir. Mol-davlati bor kishi tushida qornini yirtsa, molidan kelayotgan foyda to’xtaydi. Kanbag’al odam ko’rsa, oilasini ehtiyojlariga ishlatib turgan moliga ofat keladi.
Qorin og’rig’i. tushda kimni qorni og’risa, molini gunoh yo’lida ishlatib, nadomat qiladi. Aytilishicha qorin og’rishi oila a’zolarining salomatligiga dalildir.
Qorong’u uy. Qorong’u uy xulqi rasvo ayoldir, agar u tushni ayol ko’rsa, erkak ham shundaydir.
Qosh. Agar qosh qalin bo’lsa, yaxshilikdir. Kim qoshi bir-biriga yaqin bo’lganini ko’rsa, ulfat va do’stlikka dalolat qiladi. Ko’pincha uzun umrga ham dalildir.
Qoqshol. U tushda mansabning ketishidir.
Quvvat. Tushdagi quvvat zaiflikdir.
Quduq. Agar erkak kishi tushida quduqni ko’rsa, u ochiq yuzli, kulib turuvchi xotindir. Agar ayol kishi ko’rsa, chiroyli hulqli kishidir.
Quyosh gardishi Quyosh atrofida aylanganligi ko’rilsa, bu raqiblarni ushlash va ularni o’rab olishga dalolat qiladi.
Quyosh tutilishi barchasi xorlik alomatidir.
Quymoq non dilxushlik va shodlik bilan qo’lga kiritilgan mol davlatdir. Halokat va ziyon zahmatdan qutilish. U yana pushmonlik va nadomatni bildiradi.
Quyqa, qoldiq u manfaati kam va tashlandiq moldir.
Quloq Kishining xotini va qizi bo’lib, tushda nima bo’lsa, shunday bo’ladi.
Qumlar Qum hiyla, o’g’irlik va safardan keladigan foydalarga dalolat qiladi.
Qumursqa Zulm, dushmanlik va fitnaga dalolat qiladi.
Qurilish moli (albastr) U va g’sht tushda do’zax ahlining alomatidir, ya’ni kim ulardan birini ko’rsa gunoh ish qilishi mumkin.
Qurol, o’q U urush, xusumat va maktub haqida baxsga dalolat qiladi.
Quruqlik Inson badani namlik va suyuqliklardan qurib qolishi, yoki qog’oz qurishi, faqirlik va rohatsizlikka dalolat qiladi.
Quruq yog’och Bu munofiqlikdir.
Qurt, kuya Bu boylar ustidan chaqimchilik qiladigan kishidir. Eshik, krovat va dasturxondagi qurt kasallikdir.
Quticha, nafis sandiqcha sir asrorlarni uzida saqlovchi xotinga dalolat qiladi.
Qushlar axlati Harom qushlar axlati harom mol mulkdir.
Qo’y go’shtli taom Sharafli va bobruli insonlardan iborat, halol pokiza turmush va azizlikdan o’tadigan go’zal hayotdir.
Qo’y yog’i Mol davlat va to’kin sochinlikdir.
Qo’l qo’l bilan qilinadigan yomonlik va gunohlardir.
Qo’l bilagi Agar u og’risa, qo’l bilan qilinadigan ishning botilligi va xafalikka dalolat qiladi.
Qo’l kesilishi Kim o’ng qo’li kesilib oldiga qo’yilganini ko’rsa, unga kasbi orqasidan ko’p mol va davlat keladi.
Qo’pol va baqiroq kishi U boy va baxil kishidir.
Qo’ra, to’siq rizq, foyda va manfaatga dalolat.
Qo’riqchi u tushda sultonga qarashli ulug’ kishidir.
Qo’rg’oshin, qalay Kishilarning ovomi va past kelishidir.
Qo’shin, armiya ular farishtalardir. Askar oz bo’lsa g’alaba, askarlarda qurol bo’lsa yaxshi turmushga dalolat qiladi.