Sizga yetkazmoqchi bo’lganimiz ushu 7 ta tush ta’biri sizni bee’tibor qoldirmaydi deb o’ylaymiz. Aks holda hayotda muhim imkoniyatni qo’ldan chiqarishingiz mumkin.
Qutilar
Agar tushingizda muntazam ravishda qutilarni ko’rayotgan bo’lsangiz, demak bilingki hayotingizning qaysidir sohasida siz o’zingizni aldamoqdasiz. Shu bilan birga haqiqiy hislaringizni nafaqat boshqalar, balki o’zingizdan ham berkitmoqdasiz.
Balki sizni biror sir azob berayotgandur. Yoki qachondir noto’g’ri yo’lni tanlaganingizni tan olishdan qo’rqasiz.
Agar tushdagi qutilar bo’sh bo’lsa – siz nimadandir chuqur hafasiz.
Agar qutilar bir qancha va ular betartib sochilib yotgan bo’lsa, bu hayotingizda juda ko’p voqea va hodisalar chalkashib ketganidan darak beradi. Bu esa qalbingiz va ongingiz hayotingizda bo’layotgan hodisalarni o’ziga qabul qilishga ulgurmayotganidan darak.
Telefon
Agar tushingizda tez-tez sizga qo’ng’iroq qilishsa, demak bilingki xarakteringizdagi qaysidir holat ongingizga yetib bormayapti. Qanday tushundingiz?
Masalan, siz har kuni ishga borasiz va go’yoki hammasi joyida. Aslida esa o’z biznesingizni boshlash vaqti kelgan. Siz oldingi ishingiz bilan hozir ham band ekanligingizdan norozisiz, lekin haqiqatga tik boqishni хoхlamaysiz.
Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Shunday ekan ketma-ket telefon yoki qo’ng’iroqlar tushingizga kirayotgan bo’lsa, hayotingizga boshqa, turli nuqtalardan razm solib ko’ring.
Agar tushingizda sizga qo’ng’iroq qilishsa-yu siz qo’ng’iroqqa javob bermayotgan bo’lsangiz – bu ishni yanada tezlashtirishni tavsiya qilamiz. Bu shundan darakki – siz juda uzoq muddat va o’jarlik bilan ongingiz signallarini e’tiborsiz qoldirmoqdasiz.
Parvoz
Agar tushingizda parvoz qilsangiz, demak siz “ongli ravishda tush ko’rish” (wiki: Осознанные сновидения) nima ekanligini bilasiz deyish mumkin. Tushda parvoz aynang ongli ravishda ro’y beradi.
Ongli ravishda tush ko’rish – bu inson ongining muayyan bir o’zgargan vaziyati bo’lib, bunda inson tush ko’rayotganini ongli ravishda sezib turadi va tushdagi hodisalarni boshqara oladi. Bunday holat odatda bir muddat “ko’z ilinishi” va to’liq uyquga ketish oralig’ida sodir bo’ladi. Bu holatni har qanday cheklovlardan holi bo’lgan virtual reallik deb atash mumkin. Ongli tush vaqtida real hayotda imkonsiz bo’lgan ixtiyoriy holatni modellashtirish mumkin.
Mavzuga doir materiallar:Uyqu haqida siz bilgan va bilmagan qoidalar
Keyingi safar tushda parvoz qilganingizda bu tush ekanini anglashga va fursatdan foydalanib o’z hayotingizni o’zgacha tasavvur qilishga urinib ko’ring.
Tushda parvoz qilish ajoyib tuyilsada aslida u o’ta muhim ogohlantirish. U sizning o’z imkoniyatlaringizdan to’liq foydalana olmay aziyat chekayotganingizdan darak bermoqda. Har qanday qiyinchiliklarga qaramay, zo’r g’ayrat bilan hayotingizni bir pog’ona yuqoriga chiqarishingiz shart.
7-tush_tabiri
Oy
Agar tushingizga ushbu go’zal osmon jismi kirayotgan bo’lsa, demak siz o’z ijodiy qobiliyatingizni yuzaga chiqarmayapsiz. Taqdirdan qochishga urinmang, ijod qiling!
Yo’l
Yo’l – bu sayohat ramzi. Agar tushingizda yo’l ko’rsangiz – bu o’z kelajagingiz ramzidir.
Tushda qanday yo’lni ko’rdingiz? Ravon va asfalt qilingan yo’lmi? Havo ochiqmidi? Yo’l juda olismi? Agar shudnday bo’lsa, sizni tabriklaymiz: sizning ongingiz o’z hayotingizdan butkul mamnun va sizda hammasi joyida.
Agar aksincha, yo’l notekis, tuman qoplagan bo’lsa, demak hayotda o’z yo’lingizni topa olmayapsiz. Bu tush ta’biri shundan iboratki, siz kelajakdan havotirdasiz va o’zgarishlardan qochishga harakat qilmoqdasiz. Bunga nuqta qo’yish vaqti keldi!
Gullar
Tushda ko’rilgan gullar faqat bir narsani bildiradi – tez o’rada o’zini namoyon qiladigan yangi imkoniyatlarni. Siz bunga tayyorgarlik ko’rishingiz lozim. Ichki dunyoingizni ochiqroq qiling. O’zingizni esa kutilmagan sinovlarga boy yangilikka tayyor tuting.
Agar tushda hali ochilmagan g’uncha ko’rsangiz, demak sizni butunlay yangi, qiziqarli biror narsa kutmoqda: yangi ish, yangi muhabbat, farzandli bo’lish yoki shu kabi nimadir.
So’ligan gul esa, baxtga qarshi, aynan teskari bashorat: biror yaqiningiz yoki qadrli narsangizni yo’qotishga tayyor turing. Yoki bu yaqin orada hayotingizning ayni damdagi sahifasi o’z yakuniga yetishini ham bildirishi mumkin.
Suv
Tushdagi suv – bu sizning shijoatingiz, kuch g’ayratingiz. Agar tushingizda ummon ko’rsangiz, orzu qilishni bas qilib, katta-katta marralarni ko’zlab, tavakkal bilan ishga kirishish vaqti kelganini tushunavering.
Agar aksincha, tushingizda kichik ariq, yoki suv havzalarini ko’rsangiz demak bilingki siz keragidan ortiq vazifani o’z zimmangizga olgansiz. Sal sekinroq! Biroz tox’tab o’zingizga kelib oling. Eng kerakli narsalarga diqqatni qaratib, qolgan mayda-chuydalarni unuting.