BOLA UCHUN BOG‘CHA PULI QACHON TO‘LANADI.
⚡️SAVOL:
Men yaqinda farzandimni maktabgacha ta’lim muassasasiga berdim. Qaysi sanagacha men farzandim uchun bog‘cha pulini to‘lashim kerak ?
⚡️JAVOB:
Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
nizomga ko‘ra, bolalarni ta’minoti uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga har oyning 15 sanasiga qadar to‘lov qilinishi lozim.
🟢 15 sanadan keyin qabul qilingan bolalar uchun to‘lov bola bog‘chaga qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida, oyning ohirigi sanasiga mutanosib ravishda to‘lov qilinadi. Ya’ni, oyning 15-sanasidan keyin bog‘chaga qabul qilingan bolaga o‘sha oyning oxirigacha necha kun qolgan bo‘lsa o‘sha qolgan kunlar uchun to‘lov qilinadi xolos. Bu degani oyni yarmidan keyin bolani bog‘chaga bergan ota-onalar xam oyni boshida bog‘chaga joylashtirilgan boshqa bolalarga to‘langani kabi bir oylik bog‘cha pulini to‘liq to‘lashi shart emas. To‘lov o‘sha oyni keyingi oyidan boshlab esa to‘liq miqdorda to‘lanaveradi.