1XBET va shunga o’xshash qimor o’yinlarga munosabat | Bu kabi o’yinlar qonuniymi yoki noqonuniy?
— O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksi 191-moddasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish — ana shu o’yinlar buyumlarini, shuningdek o’yinga tikilgan hamda o’yindagi yutuq bo’lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi deyilgan.
— Normada aytilayotgan «tavakkalchilikka asoslangan o’yinlar» deganda qanday o’yinlar bu o’yinlarga kirishini ko’rsatgan normativ-huquqiy hujjat yo’q. Ammo hozirda 1XBET va shunga o’xshash o’yinlarni aynan shu turdagi o’yinlarga kiritishimiz mumkin. Negaki, bu o’yinlar to’liq tavakkalchilikka asoslangan qimor o’yinlar hisoblanadi.
✅ Demak, O’zbekiston Respublikasida bu kabi o’yinlar faoliyati noqonuniy hisoblanadi deb aytishimiz mumkin.