Xodimlarga mukofot pullari qay hollarda beriladi va uning miqdori qancha?

Xodimlarga mukofot pullari qay hollarda beriladi va uning miqdori qancha? 🤩


✅ Mehnat kodeksi 157-moddasiga ko’ra, ish vaqtidan tashqari ishlar dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.


— Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.


P.S.: Agar mukofot puli olmoqchi bo’lsangiz, dam olish kunlaringizdan ham voz kechishingiz kerak bo’lar ekan. 😐


Batafsil (https://lex.uz/docs/-142859)