ChЕT ELGA ISHLASHGA KЕTGAN SHAXSLARNING BOLALARIGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI.
ChЕT ELGA ISHLASHGA KЕTGAN SHAXSLARNING BOLALARIGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI.
⚡️SAVOL;
Meni turmush o‘rtog‘im Rossiyaga ishlashga ketgan. 4 nafar farzandim bor. Farzandlarim 7 yosh, 5 yosh, uchyarim yosh va 2 yoshlik bolalar. Mahallaga bola puli olish uchun murojaat qilsam sizga eringiz Rossiyada bo‘lganligi uchun bola puli berilmaydi deyabdi. Shu to‘g‘rimi ?
⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yil kungi 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, agar elektron axborot almashinuvi orqali olingan ma’lumotlarda chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila a’zolaridan pul o‘tkazmalari miqdori aniqlanmasa, u holda oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromadini aniqlash uchun oilaning chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (822 000 so‘m)ning ikki baravari (1 644 000 so‘m) miqdoriga teng bo‘lgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi deyilgan.
🟢 Bu nima degani, bu agar turmush o‘rtog‘ingiz chet davlatga ishlash uchun ketgan bo‘lsa va uni o‘sha davlatda qancha mablag‘ topayotganligini elektron tartibda aniqlashning imkoni bo‘lmasa demak turmush o‘rtog‘ingiz EKIX ning ikki baravari (1 644 000 so‘m)ni topyabdi deb xisoblanadi. Amalda uyerda bundan ko‘p topayotgan bo‘lsa xam kam topayotgan bo‘lsa xam farqi yo‘q uni daromadi shu ikki baravarga teng bo‘ladi. Bola puli tayinlanishi uchun oilaning jami daromadini aniqlash turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan shu ikki baravardan kelib chiqib xisoblanaveradi.
✏️ Endi xisoblaymiz ! Turmush o‘rtog‘ingiz 1 644 000 so‘m oylikli odam deb xisoblasak va sizni o‘zingiz kichik farzandingiz uch yoshga to‘lmaganligi sababli biror joyda ishlashingiz shart emasligini inobatga olsak, turmush o‘rtog‘ingizni yuqoridagi daromadi uning o‘ziga, sizga va 4 nafar farzandingizga bo‘linganida 274 000 so‘mdan to‘g‘ri kelarkan (1 644 000 / 6 = 274 000). Yuqoridagi nizom bo‘yicha oilaga bola puli tayinlanishi uchun oilaning jami daromadi kishi boshiga xisoblanganda 498 ming so‘mdan oshib ketmasligi kerak degan norma bor. Sizlarda daromad belgilangan normadan ortib ketmayabdi demak, sizlarga bolalar nafaqasi berilishi kerak.