Buyuklar so‘zi

Odam o‘z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o‘z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o‘z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o‘zining QO‘RQOQligini o‘ylamaydi.

Shou

Yutganing o‘zingniki, chaynaganing – gumon.

Cho‘lpon

Hammaga do‘st bo‘lgan odam hech kimga do‘st emas.

Arastu

Qisqalik – iste’dodning singlisi.

Chexov



Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.

Pavlenko



O‘zgalar sirini oshkor etish – sotqinlik, o‘z sirini oshkor etish axmoqlikdir.

Valter



Haqiqiy do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi.

Ezop



O‘rganish hech qachon kech emas.

Kvintilian



Hechdan ko‘ra kech.

Tit Liviy



Keldim, ko‘rdim, g‘alaba qozondim.

Sezar



Chehra – qalbning oynasi.

Sitseron

Aflotun – do‘st, lekin haqiqat ulug‘roqdir.

Arastu



Davlat – bu mening o‘zim.

Lyudovig XIV



Suqrot – do‘st, lekin eng yaqin do‘st – haqiqat.

Aflotun



Sen pashshadan fil yasamoqchimisan?

Lukian



Insonni qidiryapman.

Diogen



Donishmadlik – fanlarning eng anig‘i.

Arastu



Kishi o‘zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.

Gyote

Yolg‘on ham ichkilikbozlikning o‘zi. Yolg‘onchi o‘layotganda ham yolg‘on gapirib o‘ladi.

Chexov



Haqiqatni yomon ko‘radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko‘radilar.

Felenon



Taraqqiyot tasodif emas, zaruratdir.

Spenser



Eng katta xato odam o‘zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.

Karleyl



Haqiqatdan qo‘rqmaydigan odamning yolg‘ondan qo‘rqishiga asos yo‘q.

Jeferson



Xayol bilimdan muhimroq.

Eynshteyn



G‘oya faktdan yuqori turadi.

Balzak



Ko‘pgina buyuk haqiqatlar avvaliga masxaralangan.

Shou



Vaqti kelib fan xayoldan o‘zib ketadi.

Vern



Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni va o‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i lozim.

Sitseron



Jangda o‘lgan emas biror bahodir, Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan.

Shavkat Rahmon



Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat.

Anvar Obidjon



Kim agar do‘stlar ila yakdil bo‘lur,

Barcha maqsudi aning hosil bo‘lur.

Farididdin Attor



Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko‘ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g‘oyat mushkul bo‘lib qoladi.

Benedikt Spinoza



Inson qanchalar ajoyib? Agar u chinakam inson bo‘lsa.

Menandr



Harakatsizlikda baxt yo‘q.

Fedor Dostoyevskiy



Odam tushunishi iloji yo‘q narsani ham tushunmog‘i kerak: aks holda u haqda bosh qotirmagan bo‘lar edi.

Iogann Gyote



Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki, u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi.

Jan Jak Russo



Birovni o‘rgatishingga o‘zing o‘ganishing uchun lozim bo‘lgandan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak.

Mishel de Monten



Aqlli bo‘lish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir.

Rene Dekart



Bilim — kuch. Kuch esa bilimdadir.

Frensis Bekon



Masala bilimning butunligida emas, aqlning butunligida.

Demokrit



Biz ham yuksaklarga tikkandik ko‘zni,

Bizda ham bor edi matonat, bardosh.

Arslon chorlagandi qoshiga bizni,

Lekin qumursqalar bo‘ldi safardosh.

Jami tiriklikka tanish shu xatar,

Qumursqa yaralgan yoppa talarga.

Do‘stim, alam qilar, arslon bexabar,

Em bo‘lib ketsak shu qumursqalarga.

Abdulla Oripov



Agar ba’zi birlar seni ranjitsa,

Azob otashida o‘rtanma butkul!

O‘zing bilasanki, hammani esa

Ko‘nglini bir hilda olmoqlik mushkul.

Ba’zida joningni jabborga berib,

Asl haqiqatni so‘zlaganing dam,

Ba’zi birlar sendan butunlay ranjib

Mumkin seni nodon deyishlari ham.

Bordi-yu, yaxshini desang ham yomon,

Aminman topilur senga tarafdor.

Dunyoda bor ekan haqiqat, yolg‘on,

Hammaga teng yoqish mumkinmas zinhor.

Demak, shunday ekan, yolg‘on gap sotib,

Nopoklar ko‘ngliga bo‘lgandan ma’qul.

Do‘stim, haqiqatu rostini aytib,

Faqat, vijdoningni buyurganin qil!

Shukrullo

ziyouz.uz