To`ydan oldin qizlar eshitishi mumkin bo`lmagan 5 gap

«Qiz bola eshitmasin, uyat bo`ladi!»

Ba`zan kattalar shunday deyishsa, noqulay ahvolga tushasiz, uyalasiz, hatto xafa ham bo`lasiz: «Nega erga tegdim deb o`zlarini olishadi?» deysiz. Xafa bo`lmang, qizlarjon. Darhaqiqat, ayrim gaplarga quloqlaringizni berkitganingiz ma`qul, chunki ular sizga, bo`lajak hayotingizga salbiy ta`sir ko`rsatadi.



Demak o’sha sehrli gaplar quyidagilar:

1. Birinchi nikoh kechasi tafsilotlari. Albatta, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda jinsiy tarbiyaning ahamiyati beqiyos. Shu ma`noda ilk nikoh oqshomi haqida qizlar ma`lumotga ega bo`lishlari kerak. Lekin bu o`rinda foydali ma`lumotni zararlisidan farqlash lozim. Qiz bolani cho`chitmaydigan, nozik munosabatlardan bezdirmaydigan ma`lumotlar nikoh oqshomi yaqinlashganda yangalar tomonidan kelinning qulog`iga shipshitiladi, ya`ni turli qo`rqinchli tafsilotlardan xoli, ko`proq kelin uchun kerakli bo`ladigan gaplar aytiladi. Ammo ayrimlar, xususan, yangi turmushga chiqqan qizlar o`zlarining ilk visol oqshomlari haqida rang-bo`yoqlarga to`la (ko`pincha qo`rqinchli) tafsilotlarni hikoya qilib, qiz bolaning ongini zaharlashlari mumkin. Shuning uchun ma`lumotni yangalardan oling-u, tafsilotlarga qiziqmang. Zero, har kimning birinchi nikoh kechasi faqat o`ziniki, u boshqa birovnikiga o`xshamaydi.


2. Kelinlarning qaynonasi haqidagi yomon gaplari. Men kimdir qaynonasini yomonlashni boshlasa, qizlarning quloqlarini berkitish tarafdoriman. Bu yuqumli dardga o`xshaydi. Qiz bola hadeb qaynona yomon degan gapni eshitaverib, bunga butkul ishonib qoladi. Yangi oilaga shu noto`g`ri, buzg`unchi ishonch bilan qadam bosadi, hammaning qaynonasi yomon bo`lganda bir uniki yaxshi bo`lib chiqishiga ishonmaydi. Demak, avval boshdanoq munosabatlarning poydevoriga putur etgan bo`ladi. Onalar, yangalar, qizlarimizga o`zimizning dardimizni yuqtirmaylik, toki ular bo`lajak qaynonalarini sizning qaynonangiz emas, o`zlarining buvilari kabi inson deb ishonsinlar.


3. Kelinlik mashaqqati haddan ortiq bo`rttirilgan hikoyalar. «Kelin bo`ldingmi, tamom, odam emassan», «Erta tongdan yarim tungacha tinim bilmaysan, quldan farqing qolmaydi» kabi gaplarga umuman quloq solmang. O`sha kelinlar o`z baxtini anglamagan yo uning qadriga etmagan insonlardir. To`g`ri, birovning uyi, yangi oila, yangi munosabatlar… Albatta, ota-onangizning bag`rida yurgandek erka bo`lolmaysiz. Lekin siz mehnatdan qo`rqmang, aksincha, qancha inson sizga havas qilib turganini o`ylang. Axir, yangi hayot boshlaysiz, hamma sizdan yaxshilik kutadi, turmush o`rtog`ingiz sizni sevib-ardoqlaydi, qaynonangiz boshqalarga ko`z-ko`z qilgisi keladi. Ostonasi tillodan bo`lgan uyda baxtli hayot boshlayotgan insonsiz. Bu holat bir umrga davom etishi mumkin, hammasi o`z qo`lingizda.


4. «Erkaklarning hammasi bir go`r» mazmunidagi hasratlar. Bo`lmagan gap. Kimdir eridan kuygan bo`lsa, bu – uning taqdiri. O`ziyam osmondagi farishta emasdir. Erkaklarning yaxshisi ham bor, yomoni ham, to`g`rirog`i, har birining o`z salbiy va ijobiy jihatlari etarli. Yaxshisini oshirib, yomonini yashirsangiz (axir, kimning yaxshi odam bo`lgisi kelmaydi), u ham o`zgaradi. Ba`zan ota-ona qilolmagan ishni sevimli yor tadbiru shirin so`z bilan amalga oshirishi, ya`ni erni to`g`ri yo`lga solishi mumkin. Bekorga aytishmagan-ku: «Erni er qiladigan…» deb. Xullas, oldingizda birov erini yomonlay boshladimi, quloqlaringizni berkiting.


5. Bola tug`ish va katta qilishning naqadar azobligi haqidagi afsonalar.“Qo`rquvning ko`zlari katta”, “Qo`rqqanga qo`sh ko`rinadi” degan gaplarni eshitgansiz. To`g`ri, odamdan odam tug`ilishi oson emas, ammo dunyoda bu og`riqqa chiday olmagan ayol yo`q. Negaki, tug`ruq azobidan keyin dunyodagi eng baxtli inson – onaga aylanansiz. Bolangizning bag`ringizga bosgan daqiqangizdan boshlab barcha tortgan uqubatlaringizni unutasiz, hech qancha vaqt o`tmay kichkintoyingizga ukacha yoki singilcha olib kelish haqida rejalar tuza boshlaysiz. Katta qilish, tarbiyalashda esa siz yolg`iz bo`lmaysiz: