Haroratingiz ko‘tarilganda

FARZANDingiz isitmalaganda, u og‘ir nafas oladi, terisi quruqlashadi, peshona, qo‘l-oyoqlari qaynoq bo‘ladi. Oddiy usullar yordamida Siz FARZANDingiz ahvolini ancha yengillashtirishingiz mumkin.


Sirka bilan artish

Olmali sirkaga paxtani ho‘llab, u bilan bolaning yelkasi, qorni, keyin qo‘li, oyog‘I, tovoni, kaftlarini arting. Har 3 soatda takrorlab turing.


Klizma (huqna)


Stakanda iliqdan sovuqroq suvga 2 choy qoshiq tuz soling. 10 15 tomchi lavlagi suvi qo‘shsa ham bo‘ladi. Klizmaga aralashmani tortib olib, ishni boshlang. Chaqaloqlar uchun 50 ml suyuqlik yetarli. Shuningdek, ko‘k choy, romashkada ham klizma qilsa bo‘ladi.


Kompress


Yumshoq sochiqni yalpiz qaynatmasiga botiring, yaxshilab siqing. Ular nam bo‘lishi kerak, ho‘l emas. Kompressni peshonaga, bilakka, oraliqlariga qo‘ying. Har 10 minutda almashtiring.


Isitmani tushiruvchi vositalar


Parasetamol issiqni yaxshi va sekin tushiradi. Sirop yoki svechilarni tanlang. Yo‘riqnomasi bilan yaxshi tanishib chiqing. Preparat har 4 6 soatda berilishiga ahamiyat bering.



Haroratingiz ko‘tarilganda

Suyuqlik ichish


3 osh qoshiq malina ustiga 200 ml qaynagan suv quying. 15 minut damlab, sitadan o‘tqizib, ilitib, kam-kamdan, tez-tez bering. Ichimlik haroratni tushirib, terlatadi. Agar bolaning yelka bo‘yin qismlari terlagan bo‘lsa, kiyimini almashtiring.


Agar FARZANDingiz titrab, oyoq-qo‘llari muzlab, rangi oqarayotgan bo‘lsa, uning harorati ko‘tarilayotganidan darak beradi. Oyog‘iga issiq suv bilan to‘ldirilgan grelka qo‘ying. Issiqlikni uzoqroq saqlashi uchun 4 och qoshiq tuz solib, grelkani qalin sochiq bilan o‘rang.


Berilgan maslahatlar Sizga yuqori harorat bilan kurashishingizga yordam beradi. Lekin isitma chiqarayotgan sababni aniqlab, uni davolash uchun albatta shifokor ko‘rigidan o‘ting!


Avitsenna.uz