Qoshlarga rang berish
Qoshlaringizga rang berish uchun qalam tanlashda qiynalayotgan boʼlsangiz, koʼzguga boqing-da, sochingiz rangiga diqqat qiling.
Аgar:
Sochlaringiz rangi timqora boʼlsa, qosh uchun toʼq jigarrang yoki kulrang mos keladi.
Toʼq jigarrang, och jigarrang va shokoladrang soch sohibi boʼlsangiz, qosh boʼyashda toʼq jigarrang qalamdan foydalaning,
Sochlaringiz yorqin (sargʼish, karamel) rangda boʼlsa, qoshni och jigarrang yoki toʼq sargʼish ranglarga boʼyash mumkin.
Qosh tuklari oʼsib chiqqan teri osti tez-tez quruqlashib, qichishishga moyil boʼlsa yogʼlilik darajasi oʼrtacha boʼlgan qalamlarni tanlang.
Rangsiz va siyrak qoshni “qalinlashtirish” uchun qalamda rang bergach, uni qalpoqchasida joylashgan “taroq”cha bilan qoshni tarab qoʼying. Shunda qalam boʼyogʼi teng taqsimlanadi.
Qoshlaringizga qalam tekkizishning xojati boʼlmasa, kulrang qalam bilan hiyol boʼyash kifoya.