Sut kelishi miyadan boshlanadi
Agar onada sut kam kelsa eng avvalo havotirga tushmasdan koʻkrakni bolaga toʻgʻri tutib, tez, tez va koʻp, koʻp emizish kerak. Ona qancha hotirjam boʻlsa sut kelishi ham shuncha yaxshilanadi
🙆 «Sutim kam» deb vaxima qilish
🙍 ortiqcha havotirga tushish
miyada rostan ham sut kam degan signalni📣 uygʻotadi. Bu signal:
👉sut ishlab chiqarish garmonlariga oʻtadi, garmonlardan:
👉sut bezlariga oʻtadi
ana shunda:
☝️ rostan ham sut kamayish boshlanadi.
🤷Nima qilish kerak?
✓Eng avallo hotirjam boʻling
✓Oʻzingizga ishoning
✓Bolangizga mehr bering
✓Koʻproq bagʻringizga bosing.
✓Koʻkrakni bolaga toʻgʻri tutib emish vaqtini uzaytiring.
Sut kamayganini sezganda nimalar qilish kerak emas?☝️
🙅Emish vaqtini chegaralash kerak emas
🙅»Boʻldi, sutim tugadi», deb koʻkrakni boladan olib qoʻyish kerak emas
🙅Sut kam deb bir emish vaqtida koʻkrakni almashtiraverish kerak emas
🙅Bir koʻkrak toʻla boʻshamaguncha boshqa koʻkrakni tutish kerak emas
‼️Eng asosiysi sutim kam deb havotirga tushmaslik lozim
❇️Shuning uchun Hurmatli onajonlar! Koʻnglingizni hotirjam qilib ichki hotirjamlik va cheksiz mehr bilan kichkintoyingizni koʻp koʻp emizing.