Shoshilinch kesarcha kesish

Shoshilinch kesarcha kesish

 Kesarcha keshish bu bolani chiqarish maqsadida qorin va bachadonni kesishni ifoda etadi. Taxminan 15% bolalar kesarcha kesish natijasida tugʻilganligini JSST tan oladi. U shuningdek, «kesarlash», KS yoki kesish kabi ham maʼlum. Shoshilinch kesarcha kesish- bu kesarcha kesish, u tugʻruq boshlanganda oʻtkaziladi, lekin u  tug’ruq boshlanishiga qadar maʼlum vaqtda oʻtkazishga rejalashtirilgan edi.



Shoshilinch kesarcha kesish qachon kerak?


Shifokoringiz shoshilinch kesarcha kesishni taklif qilishi mumkin boʻlgan bir nechta sabablar mavjud. Quyida koʻproq ehtimolli bir nechta variantlari keltirilgan:


Bola yuragining urishi tugʻruq uni qiynayotganini bildirmoqda, boshqacha soʻz bilan aytganda bola stress holatida turibdi.
Bachadon boʻynini ochilishi sekinlashgan yoki toʻxtab qolgan.
Yoʻldosh bachadon devoridan koʻchishni boshlagan, ichki qon ketish xavfi vujudga keladi.
 Bola tosga tushmayapti, bu esa bola undan oʻtishi uchun tosning juda kichikligini bildiradi.
Siz kesarcha kesishni rejalashtirgan edingiz, lekin toʻlgʻoqlar jarrohlikdan oldin boshlandi. Agar siz va bolangiz sogʻlom boʻlsangiz, kesarcha kesish jarrohligi tugʻruq boshlangandan keyin bir necha soat davom etishi mumkin.
Tugʻish jarayoni shunchalik sekin kechadiki, u ham onaga, ham bolaga xavf solishi mumkin.
Koʻp homilali tugʻruqlar, yaʼni egizaklar yoki uchta egizak, ayrim hollarda tabiiy yoʻl bilan tugʻdirishni iloji yoʻq va bir nechta bola tugʻish nazarda tutilmasa, unda shoshilinch kesarcha kesish eng yaxshi variant boʻlishi mumkin.
Bola oldida yotish holatida, yaʼni odatdagi bosh pastga qaratilgan holatga qaraganda oyoqlari pastga qaratilgan.
  Favqulodda sezaryen xavfi


Oʻzi bilan shoshilinch kesarcha kesish vaginal tugʻruqqa qaraganda koʻproq xavfli jarayon hisoblanadi. Quyida shoshilinch kesarcha kesish bilan bogʻliq ayrim xavflar keltirilgan:


Bachadon yoki bachadon shilliq qavatining infeksiyasi
Onaning oyoqlarida hosil boʻladigan qon quyqumlari yoki tromboz
Ortiqcha qon ketishi
Bachadon, qovuq yoki tos tubi mushaklarini shikastlanishi
Bola koʻproq darajada nafas olish muammolariga duch kelishi mumkin
Ayrim holatlarda jarrohlik paytida ogʻriq qoldirish uchun yuboriladigan preparatlar bolaga ham taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Favqulodda sezaryen paytida nimani kutish kerak

Trombozni ehtimolini bartaraf etish uchun bir juft jarrohlik paypoqlari beriladi. Tirnoqlardagi lakni va taqinchoqlarni yechish zarur. Shuningdek, qov tuklari ham tozalanadi. Jarrohlik xonasida sizga anesteziya yoki epidural narkoz yuboriladi.


Siz kesarcha kesish jarrohligi oldidan hech narsani his qilmasligingiz uchun anesteziolog qoʻlidan kelganini qiladi. Siz hech narsani koʻrmasligingiz uchun ekran oʻrnatiladi, qovuqni boʻshatish uchun sizga kateter oʻrnatiladi, bikini chizigʻidan biroz teparoqda kesim qilinadi, u jarrohga kesarcha kesishni oʻtkazish uchun bachadonga yoʻl ochib beradi


Ayrim holatlarda «tortish» yoki «paypaslash» hissi boʻlishi mumkin, lekin ogʻriq borasida hech qanday soʻz boʻlishi mumkin emas. Bola birinchi kesim qilingandan keyin taxminan 3-5 daqiqalardan soʻng dunyo yuzini koʻradi. U koʻtariladi, tekshiriladi, kindigi qisiladi va kesiladi.


Agar hammasi joyida boʻlsa yoʻldoshni olgunga va choqlarni solgunga qadar sizga bolani koʻkrakda ushlab turishga berishadi. Ehtimol mazkur muolajalar paytida hamrohingiz bolani ushlab turishini istarsiz.


Kesarcha kesishning butun muolajasi taxminan 30 daqiqani oladi. Keyin sizni reabilitatsion boʻlimga yoki xonaga, keyin esa palataga yotqizishadi. Bolani qanchalik tez emizish kerakligini sizga akusher ayol aytadi.


Kesarcha kesishdan keyin


Jarrohlik aralashuvidan keyin kateter odatda ertalabgacha qoldiriladi. Shuningdek sizga tomizgʻich qoʻyiladi, dori preparatlari yuboriladi. Agar sizga jarrohlik paypoqlari kiygizdirilgan boʻlsa, tromblar hosil boʻlishini oldini olish uchun ular qoldiriladi. Sizga ogʻriq qoldiruvchi preparat yuboriladi, biroq, tezroq yurishni boshlashingiz uchun shifokor, hamshira yoki akusher ayol sizni oʻrningizdan turib yurishga majbur qiladi, bu qon aylanishini yaxshilashga va tromblar hosil boʻlishini bartaraf etishga yordam beradi.


Shifoxona boʻladigan taxminiy vaqtingiz 3 kunni tashkil qiladi. Siz uyda qoʻshimcha yordam koʻrsatilishini koʻrib chiqishingiz lozim, chunki dastlab harakat qilishingiz qiyin boʻladi. Kesarcha kesishning mazkur davri tugʻruqdan keyingi davr deyiladi, va u siz va oilangiz uchun haqiqatan ham sinov boʻlishi mumkin. Bu davrda siz kesarcha kesish sababli paydo boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday asoratlarga oʻta sezgirsiz. Sizga tinchlik kerak.


Shifoxonani tark etishdan oldin shifokoringiz bilan uyda qabul qilish mumkin boʻlgan ogʻriq qoldiruvchi preparatlar borasida maslahatlashib koʻring. Qanchalik dozada, qanchalik tez-tezlikda, nojoʻya samarali qanday- barchasini muhokama qilish zarur. Kesarcha kesish oʻtkazilgandan keyin tez orada bachadoningiz qisqarishni boshlaydi va bu qindan yaqqol qon ketishning sababi boʻlishi mumkin. Shuning uchun uyga ketishdan oldin sizda prokladkalarning soni yetarlicha ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.


Bu davrda faol turmush tarzini olib borish kerak emas, yangi chaqaloqdan ogʻirroq narsa koʻtarmang. Ovqatlanishingiz sogʻlom ekanligiga, tarkibida kletchatka, yangi meva va sabzavotlar borligiga ishonch hosil qilish lozim. Gidratatsiya ham asosiy omil hisoblanadi, shuning uchun butun kun davomida yoningizda suv solingan idish boʻlishiga harakat qiling. Bu chanqoqni ragʻbatlantiradi.


Bolaning karavotchasini siz tez-tez turmasliingiz uchun dam oladigan joyga yaqinroq joylashtiring. Agar siz ogʻriqni sezsangiz yoki sizda bezgak boshlansa, darhol shifokor bilan bogʻlanish zarur, chunki bu davolanishi kerak boʻlgan infektsiyani belgisi boʻlishi mumkin. Shoshilinch kesarcha kesish ham sizning emotsional holatingizga taʼsir qilishi mumkin, ayniqsa siz odatiy tugʻruqni kutganingizda. Stressni yengish va boʻshashish uchun oʻzingizga biroz vaqt ajrating. Agar sizda haqiqatan ham tang ahvol boʻlsa, ehtimol psixologga yoki psixiatrga murojaat qilishni istarsiz.


Qanday holatlarda shifokorga murojaat qilish zarur


Kesarcha kesish oʻtkazilgandan keyin ayrim vaziyatlar mavjud, ularning rivojlanishida darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Quydagi nazorat qilish zarur boʻlgan ayrim vaziyatlar keltirilgan:


Saqlanib turadigan yuqori harorat
Kesarcha kesishdan keyin bosh ogʻrigʻini mavjudligi va uning jadalligida pasayishni yoʻqligi
Qorin sohasidagi ogʻriq
Noodatiy hidli vaginal ajralmalar
Oyoqlarda shishish yoki qizarish sohalari
Siyishda ogʻriq hissi yoki siydikda qonning mavjudligi
Koʻkrakning sezgirligi yoki qizil dogʻlarni paydo boʻlishi

Agar siz koʻrsatilgan oʻzgarishlardan birortasini qayd qilgan boʻlsangiz, ayniqsa, agar ularning barchasi birgalikda namoyon boʻlsa, bu tibbiy xodimga murojaat qilish zarurligini anglatadi.


Tugʻruq haqida soʻz ketganda yaxshisiga umid qilib, yomonini kutish kerak deyishadi. Va bu ibora oʻzini oqlagan. Qanday vaziyat sodir boʻlishidan qatʼi nazar siz yaxshiroq tayyorlanishingiz, kutilmagan vaziyatning ehtimolini kamaytirish, nazorat va shaxsiy tanlov esa ustuvor boʻlishi uchun kesarcha kesish, hamda tabiiy tugʻruqlarning imkoniyatini hisobga olish zarur. Yodingizda boʻlsin, bolangiz siz tanlagan usulda dunyoga keladi. Oʻzingizdan va siz qilayotgan saʼy-harakatlardan uyalmang.


huggies.uz