Siz homilador ekanligingizni gumon qilishingizdan oldin organizmingizda ahamiyatli oʻzgarishlar sodir boʻladi, ular embrion rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Estrogen, progesteron va OXG (odam xorionik gonadotropini) kabi homiladorlik gormonlari yaqinda urugʻlangan va implantlangan tuxum hujayrasi uchun ozuqa va himoya muhitini yaratish uchun birlashadi.
Men qachon biron bir narsani his qilaman?
Koʻpchilik ayollar homiladorlikning erta simptomlarini 6-chi haftaning boshigacha sezmaydi,
biroq, ushbu masala shaxsiy hisoblanadi. Ayrim ayollar oʻz tanasiga shunday diqqat bilan eʼtibor beradiki, oʻzgarishlarni urugʻlanish paytidan boshlab sezishi mumkin. Agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, unda homiladorlik va oʻzgarishlarni erta simptomlarini namoyishiga tayyor boʻlasiz. Koʻpincha homiladorlik simptomlariga bepushtlikdan davolanayotgan va urugʻlashda yordam olayotgan juftliklar koʻproq sezgirlik bilan qaraydi.
Men bilmoqchi ekanligimga amin emasman
Agar siz homilador boʻlishga urinayotgan boʻlsangiz, ehtimol, umidlar oqlanmay qolishini anglay olasiz. Homiladorlik testini salbiy natijasi yoki menstruatsiyani paydo boʻlishi koʻrinishidagi umidsizlik koʻpchilik ayollarga tanish. Yodingizda boʻlsin, agar siz kontraseptiv vositalardan foydalangan boʻlsangiz, unda urugʻlanish yolarni qabul qilish toʻxtatilgandan 12 oydan keyin sodir boʻlishi mumkin.
Men farqini koʻrmayapman
Agar siz yuqorida taʼriflangan homiladorlik simptomlarini sezmayotgan boʻlsangiz xavotir olishga oʻrin yoʻq. Ayrim ayollar homiladorlikning boshlangʻich boskichlarini hotirjam va hech qanday maxsus fiziologik va psixologik oʻzgarishlarsiz kechiradi. Bu ularda homiladorlik boshqacha kechadi yoki homiladorlikning butun simptomatikasi borligicha namoyon boʻlgan ayollarga qaraganda ular koʻproq xavfga moyil degan maʼnoni anglatmaydi.
Jismoniy oʻzgarishlar
Birinchi jismoniy oʻzgarishlardan biri bachadonga, qinga, bachadon boʻyniga va vulvaga qon oqimi kelishini koʻpayishi hisoblanadi. Homiladorlikning erta muddatlarida mazkur toʻqimalar oʻziga xos koʻkimtir yoki toʻq qizil rangga kiradi. Koʻpchilik ayollar bu haqda bilmaydi, lekin, agar shifokor tos sohasida tekshiruvlarni oʻtkazsa, yoki ayolning hamrohi juda eʼtiborli boʻlsa, buni koʻrishi mumkin.
Siz ochlik tufayli tushkunlikni his qilishingiz mumkin. Bir necha soatlar ichida qorningizda boʻshliq va ochlik hissi paydo boʻlishi mumkin. Bu hisni toʻliq bartaraf etib boʻlmaydi. U ovqat qabul vaqtida biroz yengillashishi mumkin.
Tez-tez hojatga borish hissi, shu oʻrinda, qovuqni boʻshatish paytida hajmi qisqarishi mumkin. Boshida sizda siydik yoʻllari infeksiyasi rivojlangan yoki siz koʻp miqdorda kofein isteʼmol qilasiz degan taxmin qilish mumkin. Biroq, sizda shubhalar paydo boʻlishi mumkin, ayniqsa agar oxirgi bir necha haftalarda himoyalanmagan jinsiy aloqa qilgan boʻlsangiz.
Koʻngil aynishi va oshqozon buzilishi. U qusish bilan kechmasligi ham mumkin, lekin siz kun davomida va kechqurun toʻlqinlanib kelayotgan noqulaylikni sezishingiz mumkin.
Ogʻriq, ogʻirlik va koʻkrakning sezgirligi. Koʻkrak uchlaringiz sezgir boʻlib qolib, ularda shu darajada sanchish boshlanishi mumkinki, buni har doim his qilib yurasiz. Areolalar toʻqroq, kattaroq boʻlib, ularning hajmi oshishi mumkin. Koʻkrak bezlarida menstruatsiyadan oldin boʻladigan, lekin yanada koʻproq noqulaylik bilan kechadigan hislar paydo boʻlishi mumkin.
Sizda biroz qon ajralmalari boʻlishi mumkin. Ular menstruatsiyaga tabiatiga xos emas va yengil ajralmalarga oʻxshaydi. Bu implantatsion qon ketishi deyiladi va u hozirgina urugʻlangan tuxum hujayrasi bachadonning qalin qon tomir devoriga «oʻtirganida» sodir boʻladi.
Homiladorlikning yaqqol belgilaridan biri muddatida menstruatsiyaning kelmasligi hisoblanadi. Alohida ayol menstrual siklining davomiyligiga qarab menstruatsiya ovulyatsiyadan ikki hafta oʻtib sodir boʻladi. Ayrim ayollarda homiladorlik paytida menstruatsiya kamroq yaqqol davom etishi mumkin, lekin mazkur holatlar juda kam.
Ogʻizda gʻalati metall yoki nordon taʼm. Uni taʼriflash qiyin, lekin u yaqqol namoyon boʻlishi mumkin va undan xalos boʻlish qiyin. Tishlarni tozalash va ogʻiz uchun xushboʻy chayish vositalari ushbu taʼmni bazoʻr yashirishi mumkin.
Odatda sezilmaydigan beldagi umumiy ogʻriq. Bosh ogʻriqlari ham homiladorlikning yana bir belgisi hisoblanadi va taxminlarga koʻra, homiladorlik gormonlarining taʼsiri bilan bogʻliq ekan.
Oʻtkir va kuchli taʼm sezish. Odatda siz sezmaydigan hidlar sizda koʻngil aynishi va bosh aylanishiga olib kelishi mumkin. Xom goʻsht hidi, ayniqsa tovuq va mol goʻshtining hidi quyishqondan chiqarib yuborishi mumkin. Odatda sizni bezovta qilmaydigan ovqat tayyorlashdagi hidlar ham siz uchun koʻtara olmaydigan darajada boʻlishi mumkin.
Sizda odatda sizga yoqqan ovqat va ichimliklarga nisbatan nafrat uygʻonishi mumkin. Qahva, alkogol, qovurilgan yoki yogʻli ovqatlar sizda jismoniy lohaslikka olib kelishi mumkin. Agar chekadigan boʻlsangiz, sizda sigaret tutuniga haqiqiy nafrat paydo boʻlishi mumkin, chekishni oʻzini gapirmasa ham boʻlaveradi.
Sizda odatda ovqatga isteʼmol qilinmaydigan mahsulotlarni yeyish istagi paydo boʻlishi mumkin. Tuzlangan bodring yoki gazaklar kabi sirkali mahsulotlar toʻsatdan siz uchun yoqimli boʻlib qolishi mumkin. Shuningdek, sizni shoʻr ovqat oʻziga tortishi mumkin.
Qorningizdagi ogʻirlikni, qorin dam boʻlishini va gaz hosil boʻlishini sezishni boshlashingiz mumkin. Siz koʻp shoʻr narsa yeganingizni oʻylab, oʻzingizga uni kamroq isteʼmol qilishni vaʼda berishingiz mumkin. Lekin gaz hosil boʻlishing sababi ovqatlanishingizga bogʻliq emas.
Sizda yengilmas charchoqlik hissi shu darajada rivojlanishi mumkinki, bu kunni oʻtkazolmayman deb oʻylaysiz. Sizda parvarish qiladigan, vaqtingizni va jismoniy quvvatingizni talab qiladigan boshqa bolalaringiz boʻlsa vaziyat yomonlashishi mumkin.
Agar ovulyatsiyani aniqlash uchun siz tanangizning bazal haroratini oʻlchagan boʻlsangiz, harorat taxminan 18 kun mobaynida oshishini sezgan boʻlishingiz mumkin. Ovulyatsiya paytida haroratning bunday vaqtinchalik oshishi meʼyoriy hisoblanadi. Agar urugʻlangan tuxum hujayrasi implantlanmasa, harorat meʼyoriy koʻrsatkichga qaytadi.
Hissiy o’zgarishlar