ICH KЕLISHINI YAXSHILOVCHI VA DAVOLOVCHI MASSAJLAR…
⭕️ Ichaklarda yig‘ilgan gazlarni yo‘qotish va ichaklar peristaltikasini oshirishning eng oson va xavfsiz hamda samarali yo‘li davolovchi massajlar bajarishdir.
⭕️ Agar bolakaylarning qorin sohasiga qo‘l bilan tegilganda yig‘lasa yoki bezovtalanishsa, massaj muolajalarini to‘xtatish va pediatr ko‘rigidan o‘tish kerak.
⭕️ Bolakaylarni qorin devorini juda ham ehtiyotkorlik bilan massaj qilish zarur, buni quyidagicha amalga oshirish talab etiladi:
⭕️ Bolakaylarning kiyimi yechiladi va orqasi bilan yotqiziladi.
⭕️ Kaftingizga biroz moy surib oling.
⭕️ Bolakay terisining moyga bo‘lgan allergiyasi tekshirib ko‘riladi
✅ Kindik atrofini soat strelkasi bo‘ylab, yengil harakat bilan 5 daqiqa davomida massaj qilish lozim
✅ Muolaja so‘ngida qorinning yuqoridan pastki sohasiga tomon yengil qo‘l harakati bilan “ichakdagi massalarni surish kerak”, ya’ni qo‘l qorin devori ustida mayinlik bilan sirpantiriladi.
Massajdan so‘ng ichaklar peristaltikasini oshiruvchi muolajalar bajariladi⤵️
✅ Bolakayni orqa tomoni bilan yotqiziladi
✅ Oyoqlarni pastki qismidan ushlab, bir necha marotaba qorin sohasiga bukib yoyiladi (5 marotaba)
✅ Bolakayni tizzalarga qorni bilan yotqizliib, orqa tarafdan kuraklardan boshlab, belgacha aylana harakatlar bilan yengil uqalanadi
⭕️ Bundan tashqari, chaqaloqlarni ovqatlantirgandan keyin qorin sohasi bilan yotqizib qo‘yish tavsiya qilinadi (3-8 daqiqaga)