HOMILADORLIKDA FOYDALI VITAMINLAR
1. B9 vitamini (folat kislotasi)
Bo‘yingizda bo‘lganini bilgan zahotingizdan boshlab, ratsioningizni B9 vitamini bilan boyiting. Bu vitamin homila umurtqa pog‘onasida tug‘ma nuqsonlar yuzaga kelishining oldini oladi. B9 vitamini to‘q yashil sabzavotlar, ko‘katlar shuningdek, sabzi, qovun, qovoq, lavlagi, tuxum sarig‘ida bo‘ladi.
2. B6 vitamini
Homiladorlikning sakkizinchi haftasi tugayotganda, ertalablari ko‘ngil aynishlar, oyoqlarda tomir tortishishi va ayniqsa asabiylashish kuzatiladi. Ana shunday paytda B6 vitamini yordamga keladi. Bu vitamin homila markaziy asab tizimi to‘liq rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Umuman V guruhiga mansub vitaminlar non, karam, loviya, grechixa, yong‘oq, baliq mahsulotlarida bo‘ladi.
3. Magniy va A vitamini
Homiladorlikning 11 haftasidan boshlab, homila suyaklarining o‘sishi tezlashadi. Tug‘ilajak mittivoyning bo‘yi, og‘irligi, boshining hajmi onaning ayni shu davrda magniyni qancha iste’mol qilganligiga bog‘liq. Tarvuzni magniy xazinasi desak ham bo‘laveradi. Shuningdek anjir, bodom, banan va to‘q yashil sabzavotlarda ham magniy ma’lum miqdorda mavjud. A vitamini esa ona va bolaning bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi. A vitamin baliq moyida, jigarda, tuxum sarig‘ida, yangi sog‘ilgan sut va sariyog‘da, qolaversa sariq rangli mevalarda bo‘ladi.
4. D vitamini va Omega-3 kompleksi
Ikkinchi uch oylikdan boshlab, kayfiyatingiz yaxshilanadi, ko‘ngil aynishlardan xalos bo‘lasiz. Homila esa deyarli butunlay shakllanib bo‘ladi. Bu davrga kelib raxitga qarshi D vitaminiga alohida etibor qarating. Bu vitamin quyosh nurlari ta’sirida ona terisida ishlab chiqariladi, quyoshsiz mavsumlarda esa uning dori shaklidagisini qabul qiling. Omega-3, barcha baliq turlarida, baliq yog‘ida, tuxum sarig‘ida, sut va sut mahsulotlarida mavjud.
5. Temir moddasi
Homiladorlikning 22 haftaligidan boshlab ona organizmini temir moddasi bilan boyitish tavsiya etiladi. Agar quyidagi mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilsangiz, dori ko‘rinishidagi temir preparatini ichishga xojat qolmaydi. Ratsioningizga mol, tovuq va kurka go‘shtidan tayyorlanadigan taomlarni ko‘proq qo‘shing. Shuningdek loviya, olma, quruq mevalar ham temir moddasiga boy.
@doridarmonlar