Leonardo di ser Piero da Vinci1452-yil 15-aprel, Vinchi shaharchasi yonidagi Ankiano qishlog’i, Florensiya yaqinida tavallud topgan— buyuk italyan musavviri va olimi, italyan Renessansi ideali — «mukammal inson» (homo universale) namunasi.Leonardo da Vinci A. Verrokkodan taʼlim olgan (1467— 72). Da Vinchi oʻz davrining insonparvarlik gʻoyalariga javob beradigan mukammal inson qiyofasini yaratdi. Asarlarida diniy mazmunni xilma-xil insoniy hissiyotlar koʻzgusiga aylantiradi. Hisobsiz kuzatishlari natijalarini turli usullarda bajarilgan chizgilarida muhrlagan. Ayniqsa, yuz ifodasini berishda katta mahoratga erishdi. Baʼzan tashki koʻrinish (yuzdagi zoʻrgʻa ilgʻab olinadigan tabassum) bilan odamlar chehrasini jonlantirib, ularning ichki dunyosi (nozik koʻngil holati)ni ifodalaydi: «Madonna Benua» (taxminan 1478), «Qoyadagi madonna» (1483) yil. Da Vinchi ilm-fanda, tibbiyotda, fizikada to’plagan bilimlar asosida ko’plab kashfiyotlar qildi.Vafot:1519-yil 2-mayda (Ambuaz yaqinidagi Klo-Luse qasri, Turen, Fransiya)