Bernard Jorj Shou (1856-yil 26-iyul Dublin vafoti: 1950-yil 2-noyabr EyotSentLorens shaxri) — ingliz yozuvchisi, dramaturg . 1871-yilda diniy maktabni tugatgach, birmuncha vaqt ruhoniy boʻlib ishlagan. 1876-yilda Londonga koʻchib borib, jurnalistika va badiiy ijod bilan shug’ullangan. Dastlabki romanlari — «Misi chiqqan nikoh», «Artist sevgisi», «Keshel Bayronning kasbkori», «Havaskor sotsialist» 1881—1883 yillar chop etilgan. «Pigmalion» (1913), «Yuraklar vayron boʻlayotgan xonadon» (1913), «Olma ortgan arava» (1919), «Mafusail sari orqaga» (1920), «Avliyo Ioanna» (1923), «Yomon boʻlsa ham, haqiqat» (1931), «Millioner ayol» (1936), «Jeneva» (1938), «Yaxshi qirol Karl» (1939) kabi asarlari rangbarang mavzularga, turli janr koʻrinishlariga ega boʻlib, unda tarix va jamiyatda roʻy bergan voqealar yangicha talqin etilgan, jamiyatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni turli nuqtai nazardan koʻrsatishga qaratilgan.O’zining gumanizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan dramaturgiyasi 20-asr adabiyotida muhum voqea bo’ldi.