Chag’atay Ulusoy (1990-yil 23-sentyabrda tug’ilgan) — turk aktyori va aktyorlik faoliyatini «Adining Feriha Koydum» (2011–2012) teleserialida Emir Sarrafog’lu sifatida boshlagan. O’shandan beri, u yanada qizg’in rollarda ko’rinish berdi: «Medcezir» (2013-2015) seriali, televizon bir qator TV-Shoularda, «Ichkarida»seriali shular jumlasidandir. U 2018-yildan boshlab nufuzli Netflix kompaniyasining «The Protector» loyihasida bosh rolni ijro etdi. Ulusoy Turkiyaning Istanbul shahrida tug’ilgan. Uning onasi Bosniyalik, otasi esa bolgariyalik. Uning otasi 10 yoshida Turkiyaga hijrat qilgan. Uning Otalay ismli ukasi bor. Ulusoy o’rta maktabdan so’ng, dastlab Istanbul Universitetining Bog’larni loyihalash va obodonlashtirish bo’limida o’qishni boshlaydi.Talaba sifatida u 19 yoshida model sifatida ishlay boshladi.2010-yilda u Turkiyada o’tkazilgan modellar tanlovida g’olib chiqdi va «Best Model of Turkey» mukofotini oldi.2013-yil 30 turk aktyori va Chag’atay Ulusoy giyohvand moddalar uchun bir muddat hibsga olingan.