Quraysh axlining tijorat karvonlaridan biri Shomga qarab yo‘l oldi. Talha ibn Tamimi (rodiyallohu anxu) ular bilan birga edi. Karvon Busra shaxriga (Busra Suriyadagi shaxarlardan biri edi) kirib keldi.
Qurayshning ulug‘ savdogarlari oldi-sotti qilishlik uchun odamlari ko‘p bozorga shoshildilar. Kichkina yosh bola bo‘lishlariga qaramasdan, katta savdogarlar kabi savdo sotiqni yaxshi biladigan, zakovotli, nozik ishlarda ular bilan birga raqobat qilar edilar.
Ertalabdan to kechgacha Talha (rodiyallohu anxu) vaqtlarini bozorda o‘tkazdilar, Xar-xil o‘lkalardan odamlar bozorga oqib kelar edi. Shunday kunlarning birida bir xodisa yuz berdiki, shu sababdan butun xayotlari o‘zgarib ketdi.
Keling so‘zni yaxshisi “Talha ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anxu)ga” bersak, ular o‘zlarining qiziqarli xayotlarini bizga so‘zlab bersinlar.
* * *
Talha (rodiyallohu anxu) aytadilar:
“Busro bozorida yurganimda, nasroniy dini roxiblaridan biri odamlarni o‘ziga chaqirdi: “Ey savdogarlar jamoasi! Oralaringizda Makka axlidan biror kishi bormi?” Men yaqinroq bo‘lganim sababli shoshilib, “men Makka axlidanman dedim”.
“Oralaringizda “Axmad” ismli kishi bormi?” — deb so‘radi.
“Kim u “Axmad“?” — dedim.
“Abdul Mutallibning o‘g‘li Abdulloh” — dedi roxib. “Shu oy u kishining kelishlari kerak va u oxirgi Payg‘ambarlardandur. U sizlarning Makka yeringizdan chiqadi va qora toshli yeringizga joylashadi, xurmo va chuchuk suv bor joyga. Ey yigit! uning oldiga shoshiling.”
Talha davomida aytadilar :
“Roxibning aytganlari qalbimga joylashib qoldi. Men tuyalarim oldiga shoshilib ularni Makkaga qaytishlikka xozirladim, shoshganimdan karvonimni xam qoldirib ketdim. Yetib kelib o‘z axlimdan so‘radim: “Makkada men yo‘g‘imda biron kor xol bo‘ldimi? Menga aytishdiki: “Xa Abdullohning o‘g‘li Muhammad chiqib, o‘zini oxirgi Payg‘ambar deb e’lon qildi. Unga Abu Kuxofa ya’ni (Abu Bakr) ergashdi.
Talha dedilar:
Men Abu Bakrni juda yaxshi bilar edim. U kishi yoqimli va ko‘pchilikni ichida obro‘li inson edilar. Xalol va rostgo‘y tijoratchi va biz u kishi bilan do‘st bo‘lib, ko‘p vaqtlarimni u kishining oldida o‘tkazishlikni yaxshi ko‘rardim. Undan tashqari “qurayshliklar” tarixini yaxshi bilar va nasablarini ajrata olar edilar. Oldilariga borib so‘radim: “Odamlar Abdullohning o‘g‘li Muhammadni oxirgi payg‘ambar va siz u kishiga ergashgan emishsiz, shu to‘g‘rimi?”, “Xa”, — deb javob berdilar. Keyin u kishi menga Payg‘ambar xaqida gapirib berdilar va meni xam u kishiga ergashishlikka targ‘ib qildilar. Men xam Abu Bakirga roxibdan eshitganlarimni gapirib berdim. U kishi xayron qolib dedilar: “Men bilan birga Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ning oldilariga borgin, bu xabarni o‘zing u kishiga aytib bergin, keyin ular nima deganlarini eshitamiz.
Allohning diniga targ‘ib qilishlik uchun. Talha (rodiyallohu anxu) qissalarini davom ettiradilar:
Men va Abu Bakr (rodiyallohu anxu) ikkimiz Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ning oldilariga borganimizda u kishi menga islomni qabul qilishlikni taklif qildilar va qur’on oyatlaridan menga tilovat qilib berdilar, dunyo va oxirat xabarlarini yaxshi yetkazdilar. Alloh qalbimni islomga ochdi. Men u kishiga “Busradagi” bo‘lgan voqeani so‘zlab berdim. Mening so‘zimdan Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) juda xursand bo‘ldilar, bu shundoqqina yuzlaridan ko‘rinib turar edi. Keyin men ular oldida oshkor qilib imon keltirib, shaxodatni aytdim “Guvoxlik beraman Allohdan o‘zga ilox yo‘q va Muhammad Allohning elchisi”, Abu Bakr (rodiyallohu anxu)ning sharofatlari bilan men islomni 4 chi bo‘lib qabul qildim.
* * *
Bu qurayshlik bolani islomni qabul qilishidan uning yaqinlarini bir chaqmoq urgandek bo‘ldi. Xammadan ko‘proq onasini jaxli chiqib qayg‘urdi. Saxiyligi va xalqparvarligidan onasi uni qavmining kattasi bo‘lishligiga umidvor edi.
* * *
Talhaning qarindoshlari uning yangi dindan yuz o‘girishini istaganlarida, xuddi ulkan tog‘ joyidan qimirlamagandek, uning xam qaytmasligini bilishdi. Yaxshi gapga kirmaganlikdan umidini uzgan qavm og‘ir qiynoqlarni qo‘llay boshladilar.
Mas’ud Ibn Xarash so‘zlab beradilar:
“Safo va Marvo tog‘lari orasida sayr qilayotgan edim (sayr qilishlik joxiliyat xayitida xam bo‘lgan). Ko‘p odamlar bir yigitni ketidan kelishayotganini ko‘rdim, qo‘llari bo‘yniga bog‘langan, orqasidan nuqtab, boshiga qarab urishar edi. Ularning orasida bir qariya ayol xam bor edi. U ovozini boricha uni xaqoratlab kelardi. Men so‘radim: Bu yigit nima qildi? Javob berishdiki: “Bu Talha Ibn Abdulloh, o‘zining dinidan voz kechgan va qandaydur xoshimiyga ergashgan kimsa.” Unday bo‘lsa orqasidagi qari ayol kim?: “Bu ayol Assaba Bint Al Xazromi, shu yigitni onasidur.
* * *
Shundan so‘ng Nofal ibn Xuaylid, qurayshliklar bu kishini (qurayshning sheri) deb laqablashardi, Talha ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anxu)ning yonlariga kelib, arqon bilan qo‘llarini qattiq bog‘ladi va Abu Bakr (rodiyallohu anxu)ni xam ikki qo‘lidan bog‘lab, ularni ustilarida xar-xil qiynoqlarni o‘tkazish uchun, ikkovlarini Makkaning aqli zaiflari qo‘liga topshirdi. Shu sababdan Talha (rodiyallohu anxu) va Abu Bakr Siddiq (rodiyallohu anxu)ni “ikkisi bog‘langan” deb chaqirishar edi.
* * *
Kunlar ketidan kunlar o‘tib, xodisalar birin ketin bo‘lib o‘tdi. Talha (rodiyallohu anxu) o‘sib kuch quvvatga to‘lishdi. Alloh va Rasulining yo‘lida ulg‘ayib katta bo‘ldi. Talha (rodiyallohu anxu)ning islomga bo‘lgan qattiyatliklari va sadoqatliklari xamma musulmonlar uchun o‘rnak bo‘ldi. Xatto “tirik shaxid“ degan nom oldilar, Allohning Rasuli u kishini bir necha nomlar bilan nomladilar (yaxshi Talha, saxovatli Talha, ko‘ngli keng Talha) deb chaqirar edilar. Bu xar-xil laqablarning o‘z tarixi bor va ularning xammasi biridan qiziqarliroqdur.
* * *
“Tirik shaxid” laqabining qissasi “Uxud jangi” kunida musulmonlar Allohning Rasulini tashlab qo‘yganida, oldilarida faqatgina 11 kishilik ansorlar va muxojirlardan iborat jamoat qolganida yuz berdi. Talha ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anxu) va Allohning Payg‘ambari tog‘ tarafga qarab chekinishayotgan paytda, mushriklar ularga tashlanib Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ni o‘ldirmoqchi bo‘lishgan edi.. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) aytdilar:
“Kim ularni orqasiga qaytarib, men bilan birga jannatda bo‘lguvchidur?”
Talha “Men ey Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) dedilar.
va yana bir kishi ansorlardan “Men” dedi.
Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) ansoriga ruxsat berib, menga sen qol dedilar. Ansori dushmanning xujumini qaytarib shaxid bo‘ldi. Mushriklar yana xujum qilib musulmonlar jamoasini o‘rab oldilar.
Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) dedilar:
“Mushriklarni qaytaruvchi yana kim bor?”
“Men, yana chiqdim” — Allohning Rasuli yana izn bermadilar.
“Unda men u ishni qilaman” — deb ansorlardan bir kishi chiqdi.
Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) yaxshi sen bor dedilar. Bu ansori xam mardonavorcha kurashib shaxid bo‘ldi.
Allohning rasuli tog‘ tarafga qarab ko‘tarilayotganlarida mushriklar yana o‘rab oldilar. Shunda Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) yana qaytaruvchi kim bor dedilar. Talha (rodiyallohu anxu) bu safar “Yana men” deb izn so‘radilar. Bu safargisida Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) u kishiga ruxsat berdilar, boshqa ansorlar xammasi shaxid bo‘lgan edi.
Alloh rasulining muborak tishlari sindi, lablari yorilgan, yuzlaridan qon oqardi, oyoqlari lat yegan, charchaganlikdan xollari yo‘q edi. Talha (rodiyallohu anxu) mushriklarga tashlanib ularni daf qildilar. Keyin orqalariga qaytib kelib, Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam)ga toqqa chiqishlari uchun yordamlashdilar. Bir qancha vaqtdan so‘ng u Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ni yerga o‘tkazib, so‘ng yana mushriklarni yo‘q qilgani jangga kirib ketdi.
Abu Bakr (rodiyallohu anxu) aytadilar:
Bu vaqtda men va Abu Uboda ibn Jarrox (rodiyallohu anxu) ikkimiz Rasululox (sallallohu alayhi va sallam)ga yaqin edik. U kishining oldilariga yordam uchun borganimizda:
“Meni xoli qo‘yinglar, do‘stingiz uchun yordamga shoshilinglar (Abu Talhani nazarda tutib aytdilar).”
Talha bir necha joyidan jaroxatlangan edi. Qilich zarbidan, kamon o‘qidan, nayza zarbasidan qonlar oqardi, jang vaqtida bir qo‘llari kaftidan kesilib chuqurchada yotardi “kaftlar”. Shundan keyin Allohning Rasuli aytdilar: “Kimning o‘limdan keyin xam yerda yurgan kishiga qarashligi xursand qilsa, bas u Talha ibn Ubaydullohga qarasin”.
* * *
Talha ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anxu)ning “tirik shaxid” qissalari shundaydur. Boshqa laqablari xususida to‘xtalsak “saxovotli va bag‘ri keng” bularning xar birini o‘zining aloxida qissalari bor:
Bilamizki Talha (rodiyallohu anxu) katta tijoratchi edilar. Bir kuni “Xadramautdan” qilgan savdolari uchun u kishi 70 000 dirxam foyda ko‘rdilar. Shu kechasi uxlay olmasdan chiqdilar, yonlariga xotinlari Ummu Gulsum, Abu Bakr Sidiq (rodiyallohu anxu)ning qizlari kirib dedilar:
“Nima bo‘ldi sizga? Ey Muhammadning otasi, naxotki bizdan biron birimiz sizni xafa qilgan bo‘lsak?”
“Yo‘q” – dedilar Talha (rodiyallohu anxu), — sen musulmon kishida bo‘ladigan eng yaxshi xotindursan. Lekin men kechasi bilan o‘zimga savol berib qiynaldim: “Bir inson uyida shuncha boylik bo‘la turib, qanday qilib tinch uxlay oladi, o‘zining Robbisi xuzurida nima deb xisob beradi?”
“Nima uchun bu sizni tashvishga solayapti?” – deb so‘radi xotinlari.
“¡zing o‘ylab ko‘rgin, atrofimizda shuncha muxtojlar bo‘la turib qanday xotirjam bo‘lay”.
“Ertalab bu pullarni ular orasida taxsimlar berib yuboring” — dedi xotinlari. Alloh sendan rozi bo‘lsin sadoqatli insonning qizi va sadoqatli xotin deb xursand bo‘ldilar. Ertalab bu pullarini va boshqa boyliklarni Talha (rodiyallohu anxu) ansor va muxojirlar orasida taqsim qilib berdilar.
* * *
Rivoyat qilishadiki, Talha (rodiyallohu anxu)ning oldiga bir kishi kelib u bilan qarindoshligini va unga yordam berishni so‘radi. Talha (rodiyallohu anxu) dedilar:
“Meni oldimda xech kim bu qarindoshlikni xabarini aytmagan edi. Agar xoxlasang meni bir yerim bor, uni Usmon ibn Affon mendan 3000 dirxamga so‘rab turibdi, xoxlasang sotib pulini olib beraman yoki xovlini olgin.”
U kishi pulini olishlikni so‘radi, Talha (rodiyallohu anxu) shu pulning xammasini berib yubordilar. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin (Saxovotli va ochiq ko‘ngil) deb chaqirgan Rasulilloh (sallallohu alayhi va sallam)ning xam Alloh qabrlarini nurga to‘ldirsin.
TALHA ibn UBAYDULLOH (taxminan 594-656) — sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan.
Quraysh qabilasining Banu Tamim urug‘idan bo‘lgan. Talha islomga kirgan paytlari mushriklardan ko‘p zulm ko‘rgan. Badr jangidan boshqa ham g‘azovotlarda Muhammad (sav) bilan birga bo‘lgan.
Badr jangida Rasuli Akram uni quraysh karvoni haqida ma’lumot keltirish uchun Shomga yuborganlari sababli bu jangda qatnashmagan, biroq o‘ljalardan unga ulush ajratilgan.
Uhud jangida, Rasuli Akramning yonlaridan jilmagan, hatto dushman tarafidan payg‘ambarimizga serpalgan bir qilichni qo‘li bilan qaytarib, qattiq jarohat olgan.
Usmon (ra) vafotidan so‘nggi voqealarda Oisha tomonida bo‘lgan. Jamal jangi (656)da yaralanib, Basrada vafot etgan. Talha payg‘ambarimizdan 38 ta hadis rivoyat qilgan.
Islom ensiklopediyasidan