Aktrisa Rayxon Ulasenova 1982 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.
Rayxon Ulasenova oilada eng to’ng’ich farzand,uning ukasi ko’pchiligimizga tanish boshlovchi Jahongir Mirzo bo’lib,xonanda Oyxon Iforzoda va Zulayho Iforzodalar uning singillari bo’ladi.
Rayxon Ulasenova yoshligida Otasining kasbi yuzasidan oila a’zolari bilan Namangan shahrida bir necha yil yashagan.
Keyinroq ular Toshkent shahriga qaytib kelishgan.Poytaxtga qaytgach Rayxon Ulasenova raqs to’garagida qatnashgan.U maktabni tamomlaguncha raqs bilan muntazam shug’ullangan va bir necha mukofotlarni ham qo’lga kiritgan.
Maktabni tamomlagach u O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat oliygohida tahsil olgan.
Rayxon Ulasenova o’z faoliyatini dastlab boshlovchi sifatida boshlagan.Keyinroq yani 2001 yildan esa Ilxom nomli teatr studiyasida o’zining aktrisa sifatidagi faoliyatini ham boshlagan va hozirgacha shu teatrda ishlab keladi.
Rayxon Ulasenova Biograsiyasi