Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi

Aktrisa Gulchehra Ibrohimbekova 1951 yilda Samarqand shahrida tavallud topgan.Taqdir taqozosi bilan uning bolaligi Tojikistonning Dushanbe shahrida o’tgan.

Aktrisa oilada bir o’g’il va to’rt qizning biri bo’lgan.

 

Gulchehra Ibrohimbekova maktab davrida dutor chalish va raqs to’garaklarida muntazm ishtirok etgan.Ayni shu maktab tarbirlardagi chiqishlari orqali unda aktrisalikka qiziqish paydo bo’lgan.

U maktabni tamomlagach Toshkentga kelgan va Toshkent teatr va rassomchilik oligohining aktyrolik bo’limida tahsil olgan.

Oliygohni tamomlagach o’z faoliyatini hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan.

 

Aktrisa tomoshabinlarga ushbu teatr spektakllaridagi rollari bilan tanilgan.Ayniqsa uni Parvona spektaklidagi Nazokat obrazi aktrisa sifatida tanilishida va ko’plab muxlislar ortirishiga sabab bo’lgan.

Kinoda esa bu aktrisa Begona Bahor nomli filmdagi qaynona roli bilan ko’pchilikning yodida qolgan.

 

Gulchehra Ibrohimbekova bugungacha aktrisa sifatida o’nlab spektakl va filmlarda ishtirok etgan.

 

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Gulchehra Ibrohimbekova 20 yoshida oliygohda birga o’qigan kursdoshiga turmushga chiqqan.

Hozirgi kunda ularning bir o’gil va ikki qiz farzandlari bor.

Aktrisaning turmush o’rtog’i madaniyat kollejida o’qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.Gulchehra Ibrohimbekova ham shu kollejda o’qituvchilik qilgan.

 

Aktrisaning hayotida baxtli kunlari bilan birga qayg’uli kunlari ham ko’p bo’lgan.U bir nech yil ichida onasidan,yolg’iz akasidan,bir opasi va bir singlisidan ayrilgan.Bu yo’qotishlar unga juda katta ruhiy zarba bo’lgan.Shu sababli u teleekranlarda ancha vaqtgacha ko’rinmagan.

Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi | Гулчехра Иброхимбекова
 

Gulchehra Ibrohimbekova bugungi kunda 67 yoshda bo’lib,u hozirda ham aktrisalik faoliyatini davom ettirib kelmoqda.