Aktyor Boir Xolmirzayev 1961 yil 5-mart sanasida Tojikiston resbublikasi,Leninobod viloyati, Nov tumanidagi Farmonqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan.
Aktyor oilasida o’n farzandning ikkinchisi bo’lgan.
Boir Xolmirzayev 1983 yilda Toshkent teatr va rasomchilik san’ati oliygohining musiqali darama bo’limini tamomlagan.
Keyinroq aynan shu oliygohni rejissyorlik kursida tahsil olgan.
Aktyor o’z faoliyatini 1983 yilda Muqumiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali teatrida boshlagan.Bugungi kunda ushu teatrda aktyor va rejissyor sifatida faoliyat yuritadi.
Boir Xolmirzayev aktyor sifatida hozirgacha o’nlab spektakl va filmlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari u dublajda ham yuzdan ortiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan.
Boir Xolmirzayev oilali, bugungi kunda u uch o’g’il bir qiz farzandning otasi.
Boir Xolmirzayev Biografiyasi