Doniyor Toshmuhamedov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Ko’pchiligimiz «Janon bo’laman deb» va «Feruzabonu» nomli qo’shiqlari orqali tanigan xonanda  Doniyor Toshmuhamedov,  1969 yil 23 fevral sanasida Toshkent shahrida shifokorlar oilasida tavallud topgan.

U oilasida eng kenja farzand bo’lib, uning bir akasi va ikki opasi bor.

 

Doniyor Toshmuhamedov ustozi Ismoil G’ulomov qo’lida shogird bo’lgan va o’sha insondan xonandalikni o’rgangan. 

1988 yilda u ustozi duosini olib o’zining yakkaxon xonanda sifatidagi faoliyati boshlagan.

1989 yilda bu xonanda o’zining ilk audioalmobini chiqargan.Keyinchalik u xalq orasida Doniyor Fayz nomi bilan tanilgan.

Doniyor Toshmuhamedov Biografiyasi
 

Ushbu xonanda 2002 yilda san’at sohasini tark etgan va tadbirkorlik bilan shug’ullangan.

Hozirgi kunda Doniyor Toshmuhamedov Toshkent shahridagi «Abdulhamid hoji» jome masjidida imom noibi sifatida faoliyat yuritadi.