Maryam Ixtiyorova qizlik familiyasi (Ro’zmetova). U 1939 yil 21 aprel sanasida Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tug’ilgan.Ushbu aktrisaning otasi Xorazmlik onasi esa tatar millatiga mansub ayol bo’lgan.Maryam Ixtiyorova olti yoshligida oila a’zolari bilan Shovot tumaniga ko’chib o’tgan va u o’sha yerda katta bo’lgan.
Maryam Ixtiyorova 1957 yilda aktrisa bo’lish orzusida yana Toshkentga kelgan va teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan.
Aktrisa o’z faoliyatini 1959 yildan Muqumiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali teatrida boshlagan.
Maryam Ixtiyorova o’zining uzoq yillik faoliyati davomida ko’plab spektakl va filmlarda ishtirok etgan.Shuningdek u turli radio eshittirishlar va xajviy teleko’rsatuvlarda ham muntazam qatnashgan.
Ushbu ko’p yillik faoliyati orqali u «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist», 1997 yilda «O’zbekiston xalq artisti» kabi unvonlar hamda 2016 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Aktrisani shaxsiy hayoti haqida: Maryam Ixtiyorova 1963 yilda xalqimiz tanigan aktyor Baxtiyor Ixtiyorovga turmushga chiqqan.
Ular hayotlari davomida ikki o’g’il va bir qiz farzandli bo’lishgan.Bu san’atkorlar 35 yillik hayotlaridan keyin ajrashishgan.
Maryam Ixtiyorova 2007 yilda Elyorjon ismli kichik o’g’lidan ayrilgan.Ushbu yo’qotishdan so’ng aktrisa infakka uchrab bir necha oy kasalxonada davolangan.
Maryam Ixtiyorova