G’aybulla Hojiyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

G’aybulla Hojiyev 1956 yilda Buxoro viloyatida tug’ilgan.U oilada besh farzandning biri bo’lgan.


Aktyorni Otasi bog’bon onasi esa uy bekasi bo’lgan.U bolaligida akasi bilan Onasi uyda yopgan nonlarni ko’chalarda sotgan.

G’aybulla Hojiyev yoshligidanoq san’atkor bo’lishga qiziqqan va Buxoradagi teatrda aktyorlik to’garaklarida qatnashib yurgan.O’zidagi aktyorlikka bo’lgan qiziqish tufayli u maktabni tugatgach poytaxtga kelgan va 1973 chi va 1977 yillar oralig’ida Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida o’qigan.

U o’zining aktyorlik faoliyatini «Yosh Gvardiya» nomidagi teatrda boshlagan.Keyinroq ya’ni 1987 yildan esa  Hamza nomidagi hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatrida o’z faoliyatini davom ettirgan.Ushbu teatrdagi ish faoliyati davomida u «Xo’ja Ahmad Yassaviy», «Al Farg’oniy» hamda «Afandi» kabi bir nechta tarixiy shaxslarning obrazini yaratgan.

G’aybulla Hojiyev tomoshabinlarga nafaqat teatr va kino aktyori balki dublaj ustasi sifatida ham yaxshi tanish bo’lib, hozirgacha o’nlab film va seriallar,bir nechta multfilmlar hamda hujjatli filmlarga ovoz bergan.G’aybulla Hojiyev o’zining ko’p yillik faoliyati orqali «O’zbekiston Respublakasida xizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan taqdirlangan.

Aktyorning shaxsiy hayoti haqida: G’aybulla Hojiyev teatrda ishlab yurgan vaqtda Nasibaxon ismli grimyor bilan tanish qolgan va keyinchalik unga uylangan.Ular ikki farzand bir o’g’il va bir qizli bo’lishgan.Hozirgi kunda aktyorning olti nafar nabirasi bor.

G’aybulla Hojiyev Biografiyasi

G’aybulla Hojiyev hayotida o’g’ir sinovlarga duch kelgan.2003 yilda aktyor infarkka uchragan va o’g’ir jarrohlik amaliyotini boshdan o’tkazgan.Ushbu operatsiyadan keyin u bir necha yil to’shakda yotgan.Oradan bir necha yil o’tib u oyoqqa turgan, lekin shu hastalik tufayli yoqimli ovozidan ayrilgan. 

G’aybulla Hojiyev hozirda 63 yoshda bo’lib, oilasi bilan Toshkent shahrida istiqomat qiladi.Bugungi kunda u o’zining aktyorlik faoliyati davom ettirib kelmoqda.