Shafoat Rahmatullayeva 1941 yil 4 yanvar sanasida Farg’ona viloyatining Furqat tumanida tug’ilgan.
Aktrisa o’rta maktabni tugatgandan keyin Qo’qondagi ayollar pedagogika bilim yurtida tahsil olgan va o’qishni tamomlab maktabda o’qituvchi sifatida bir muddat ishlagan.
Shafoat Rahmatullayeva keyinchalik aktrisalikka bo’lgan qiziqishi tufayli poytaxtga kelgan hamda Toshkentdagi teatr va rassomchilik sa’nati oliygohining musiqali drama bo’limiga o’qishga kirgan.
Ushbu oliygohni tamomlagach o’z faoliyatini Sirdaryodagi teatrda boshlagan.Bu teatrda u ko’p yillar faoliyat yuritgan va o’nlab spektakllarda mashxur obrazlarni ijro etgan.Keyinchalik aktrisa ma’lum sabablarga ko’ra faoliyatini Qo’qon teatrida davom ettirgan.
Shafoat Rahmatullayeva kinoga 1972 yilda «Mehrobdan chayon» filmidagi epizodik roli bilan kirib kelgan.Uning kinodagi eng katta roli 1987 yilda suratga olingan «Oq bino oqshomlari» filmidagi ona obrazi bo’lgan.
Ushbu aktrisa hozirgi tomoshabinlarga «Sevginator»,»O’zimdan o’zimgacha»,»Hay Fay bolakay»,»Sehrli qalpoqcha» va «Ayg’och kampir» kabi o’nalab filmlardagi rollari orqali yaxshi tanish.
Shafoat Rahmatullayeva san’at sohasida o’zining ko’p yillik faoliyati orqali 1992 yilda «O’zbekiston xalq artisti» unvoni hamda bir necha yil oldin «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.
Shafoat Rahmatullayeva Biografiyasi