Tohir Saidov Biografiyasi

Tohir Saidov 1965 yil 28 sentyabr sanasida Xorazm viloyatida tug’ilgan.
 
Tohir Saidov yoshligidan aktyor bo’lishni orzu qilgan, shu sabab o’rta maktabni tamomlab poytaxtga kelgan hamda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohiga o’qishga kirgan.
Aktyor o’z faoliyatini 1991 yilda O’zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan.Ushbu teatrda ishlash davomida u oltmishdan oshiq spektakllarda turli obrazlarni yaratgan. 
Tohir Saidovni xalqqa tanitgan roli bu «Ko’ngil ko’chalari» serialidagi «gadoy» obrazi bo’lgan, ushbu serialdan tashqari aktyor yana «Shaytanat» va «Sardor» serialida shuningdek «So’g’diyona», «Chavandoz» hamda «18 Kvadrat» kabi 20 dan oshiq filmlarda ham betakror rollarni ijro etgan.
 
Tohir Saidov o’zining san’at sohasidagi uzoq yillik faoliyati orqali 2005 yilda «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan mukofotlangan. 

Tohir Saidov Biografiyasi




Aktyorni shaxsiy hayoti haqida: Tohir Saidov oliygohdagi kursdoshi Dilobar Saidovaga uylangan.Aktyorni ayoli Dilobar Saidova tomoshabinalarga yaxshi tanish bo’lib, hozirgacha bir nechta filmlarda suratga tushgan.Bugungi kunda u O’zbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritadi.
Tohir Saidov va Dilobar Saidovalarning hozirda ikki qiz va bir o’g’il farzandlari hamda ikki nafar nabiralari bor.
 
Bugungi kunda 53 yoshdan oshgan Tohir Saidov o’z faoliyatini O’zbek milliy akademik teatri aktyori sifatida davom ettirib kelmoqda.