Abdusamad Jo’raboyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Abdusamad Jo’raboyev 1952 yil 18-noyabr sanasida  Toshkent viloyati Chinoz tumanining Tillaobod qishlog’ida tug’ilgan.
Aktyorni onasi uning bolaligidayoq olamdan o’tgan. Otasining ikkinchi turmushidan yetti nafar uka va singillari bor.
 
U o’rta maktabni tamomlagach aktyor bo’lish niyatida  Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohiga hujjat topshirgan hamda imtihonlardan o’tib, drama va kino aktyorligi bo’limiga o’qishga kirgan.
Bu aktyor ushbu oliygohda Yodgora Ziyomuhammedova va Rustam Hamraqulov kabi bir necha el tanigan san’atkorlar bilan bir kursda tahsil olgan.
 
O’qishni tugatgach yo’llanma asosida Respublika yosh tomoshabinlar teatriga ishga kelgan. Ushbu teatrda u 30 yildan oshiq ishlagan. O’z faoliyati davomida o’nlab spektakllarda esda qolarli obrazlarni yaratgan.  Abdusamat Jo’raboyevni aktyor sifatida xalqqa tanitgan rol bu «Qovoqvoy va Chanoqvoy» spektaklidagi Qovoqvoy obrazi bo’lgan. Haligacha ushbu aktyorni ko’pchilik tomoshabinlar Qovoqvoy nomi bilan tanishadi.
Teatrdan tashqari u yana,   turli hajviy ko’rsatuvlar hamda ko’p qisimli «Jiblajibon» nomli teleserialda ham suratga tushgan.
 
Abdusamad Jo’raboyev san’at sohasidagi o’zining uzoq yillik faoliyati sabab,  2001 yilda «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan mukofotlangan.
 
Aktyorni shaxsiy hayoti haqida:  Abdusamad Jo’raboyev 1977-yilda,  o’z tog’asining  Muborak ismli qiziga uylangan. Hozirgi kunda ularning ikki o’g’il va bir qiz farzandlari hamda o’ndan oshiq nabiralari bor.
 
Bugungi kunda 67 yoshdagi bu aktyor nafaqada bo’lishiga qaramay,  haligacha o’zining aktyorlik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 
Abdusamad Jo’raboyev Biografiyasi