Sayyora Yunusova 1956 yil 25-fevral sanasida Toshkent shahrida ziyoli oilada tug’ilgan. Uning otasi Harbiy onasi esa tish shifokori bo’lgan. Aktrisa oilada kenja farzand bo’lib, uning bir akasi bor.
Sayyora Yunusova o’rta maktabni tamomlagach aktrisalik bo’yicha o’qish uchun harakat qilgan. Uning ota onasi esa san’atkor bo’lishiga qarshilik qilishgan. Shu sababdan u ota onasidan yashirincha Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohiga hujjat topshirgan. Ushbu oliygohda u dastlab Qo’g’irchoq aktyorligi bo’limiga o’qishga kirgan, lekin ushbu yo’nalishda o’qituvchi yo’qligi sabab o’qishini drama aktyorligi bo’limida davom ettirgan.
O’qishni tugatgach o’z faoliyatini O’zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan. Bugungi kungacha aktrisa ushbu teatrda «Oltin devor», «Al-Farg’oniy», «Gamlet» va «Zebuniso» kabi o’nlab spektakllarda o’ziga hos obrazlarni gavdalantirgan.
Sayyora Yunusova o’z faoliyati davomida ko’plab film va seriallarda ham suratga tushgan bo’lib, hozirgi yosh tomoshabinlarga asosan «Opa-singillar» hamda «Zurriyod» seriallardagi rollari bilan yaxshi tanish.
Aktrisa kino va teatrdan tashqari dublaj sohasida ham ko’p yillardan beri ishlab keladi. U «Kelinlar qo’zg’oloni» filmidagi Nigora va «Oshin» serialidagi Oshin kabi, ko’plab biz tanigan qahramonlarga ovoz bergan.
Sayyora Yunusova san’at va madaniyat sohasidagi o’zining ko’p yillik xizmatlari uchun 1999 yilda «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Aktrisani shaxsiy hayoti haqida: Sayyora Yunusova 1984 yilda, ko’pchiligimiz tanigan kinorejissyor, Jahongir Qosimovga turmushga chiqqan. Ularni hozirda ikki o’g’il va bir qiz farzandlari hamda bir necha nabiralari bor. Bugungi kunda aktrisaning deyarli barcha farzandlari san’at sohasida faoliyat yuritishadi.
Sayyora Yunusova hozirda 63 yoshda bo’lib, o’zining aktrisalik faoliyatini O’zbek milliy akademik drama teatrida davom ettirib kelmoqda.
Sayyora Yunusova Biografiyasi