Alisher Ro’zmetov 1974-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida san’atkorlar oilasida tavallud topdi. U bolaligidan Respublika rassomchilik musiqa maktabining 8-sinfigacha g’ijjak bo’limida tahsil oldi. Maktabdan so’ng Yu.Rajabiy nomidagi musiqa bilim yurtida ham g’ijjak yo’nalishida tahsil oladi.1994-yilda esa Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika institutining musiqa fakultetiga o’qishga kiradi. U ilk ijodini talabalik vaqtida 1998-yilda Erkin Voxidov she’ri bilan ijro etilgan «Sevgi» qo’shig’i bilan boshladi. Xonandaning xit qo’shiqlari «Shahlo», «Tun kecha» va «Kechalar» qo’shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonanda 50ga yaqin qo’shig’ini, 20dan oshiq klipi va «Tun kecha», «Kechalar», «Mayli» nomli albomlarini o’z muhlislariga hadya etdi. Alisher Ro’zimetov 2003-yilda «Aziz ona yurtim navolari» ko’rik tanlovida 1-o’rin sohibi bo’ldi.
Alisher Ro’zmetov