Iroda Dilroz 1979-yil 29-may kuni Toshkent viloyatining Oortachirchiq tumanida tavallud topdi. U qooshiq aytishga juda ham qiziqar edi. Shuning uchun ham 1991-yil 11-yosidanoq «Tomosha» bolalar musiqiy teatriga bordi. Xuddi shu yili Moskva shahrida o’tkazilgan «Yalla» guruhining 20 yillik yubileyida Doston Ubaydullayev bilan «Otmagay tong» qo’shig’ini jonli ijro etganlar. Undan tashqari Iroda bolaligidan chet davlatlariga Rossiya, Turkiya, Koreya, Germaniyaga gastrol safarlariga borib olqishlarga sazovor bo’lgan. 1994-yilda yosh xonanda Xamza nomidagi musiqa bilim yurtiga, 1998-yilda esa O’zbekiston Davlat San’at institutining televideniya va rejissura bo’limiga o’qishga kiradi. Iroda Dilroz bir nechta musiqali «Toxir va Zuhra», «Navro’z fantaziyasi», «Bahor sog’inchi» filmlarida suratga tushgan hamda shu filmlarda qo’shiq aytgan. 2003-yilda Qozog’istonda o’tkazilgan «Aziya Dausi» ko’rik tanlovi laureati bo’ldi hamda shu yerda Hindistonlik Ar-Raxman ismli istedodli kompozitor hamda qo’shiqchi bilan tanishib qoladi. Ular «Globl Records» kompaniyasi hamkorligida Hindiston, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklarida o’z konsert dasturlarini namoyish etib kelishadi. Xattoki Hindistonda «Sevgi taqdiri» qo’shig’iga klip ishlashgan. 2003-yil xonanda 40 dan ortiq davlatlar ishtirokida Shanxayda o’tkazilgan festival laureati bo’ladi. Bugungi kunga qadar xonandaning 60 dan ortiq qo’shiqlari va beshta «Esar el», «Tushunmaysan», «Ayt», «Ko’ngillar bog’landi» hamda «Sevgi taqdiri» albomlarini o’z muhlislariga taqdim etdi. Iroda Dilroz 2001-yilda «Nihol» mukofoti sovrindori bo’lgan. Hozirda xonanda o’z ish faoliyatini «Tomosha» bolalar musiqiy teatrining rejissyori, hamda vokaldan bolalarga saboq beradi.
Iroda Dilroz