Jasur Umirov bahor faslining 31-mart kuni Samarqand shahrida tavallud topdi. Bolalik vaqtida san’at shaydosi edi. Shuning uchun ham u musiqa maktabiga boradi, so’ng O’zbekiston Davlat Konservatoriyasining Estrada xonandalik fakultetiga o’qishga kiradi. U ilk ijodini 2009-yildan boshlaydi. Jasurning aytgan barcha qo’shiqlari xit darajasiga yetmoqda. «Billuram», «Oysha», «Derdiya», «Jon-jon», «Daryolar» va «Yuribmande» qo’shiqlari barcha qizlarni lol qoldirdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Xonandaning hozirgi kungacha 15dan ortiq qo’shiq kliplari va «Oysha» nomli albomi muhlislar yuragidan joy oldi. San’at olamiga yaqingagina kirib kelgan bo’lsada, 2010-yil 21-dekabr kuni «Istiqlol» san’at saroyida yakkahon konsert dasturini namoyish etdi.
Jasur Umirov