Mustafo taxallusi bilan qo’shiq kuylayotgan Zohid Yusupov 1984-yil 23-sentabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. U Chilonzor tumanidagi 90-maktabni tamomladi. Bolalikdan qo’shiqchilarga havasi kelardi. Hattoki qo’shiqlarni hirgoyi qilib ham yurardi. Maktabdan so’ng xonanda san’atkor Alisher Ro’zmetovga shogird bo’lib, qo’shiq aytish sirlarini o’rganib boradi. Ilk ijodini 2009-yil «Bizni yor kichkinadir» qo’shig’i bilan boshlaydi. Shu orada u yulduz san’atkorlarimizdan Sardor Rahimxondan ham ozmi ko’pmi qoshiqchilik sirlarini o’rganadi. Uning «Arazchi xonim» qo’shig’i xit taronaga aylanadi. Bundan tashqari Nigora bilan aytgan «Uylanib olaman dugonangizga» dueti, «Olma-olma» hamda «Samolyot» qo’shiqlari ham xit taronaga aylangan. Hozirgi vaqtgacha Mustafoning 20dan ortiq qo’shiqlari, 6ta klipi va albomi o’z muhlislari ko’nglidan joy olgan. Yoshgina xonanda nafaqat qo’shiq kuylaydi balki kinokartinalarda ham suratga tushgan. Rejissyor Zebo Navro’zovaning «Yor-yor qani» filmida kichkina bir epizodni professional ijro etgan.
Mustafo