Nasiba Abdullayeva 1961-yil 15-noyabr kuni ko’hna va navqiron Samarqand shahrida Melik Yarmuhammedov oilasida tavallud topdi. Maktab bilan bir vaqtning o’zida musiqa maktabining akkardeon bo-limiga borgan. Maktabdan so’ng Nasiba Abdullaeva o-z omadini sinash uchun hujjatlarini Arxitektura institutiga topshiradi. Xuddi shu vaqtning o’zida uni maktabga taklif etishadi va u musiqa o’qituvchisi lavozimida ishlaydi. Bir qancha vaqtdan so’ng esa jozibador ovoz egasini «Samarqand» vokal-instrumental ansambliga solist etib taklif qilishadi. Musiqa maktabida o’qib yurgan kezlaridayoq katta sahnalarga chiqib yurgan Nasiba, qo’shiq va san’at hayotining mazmuniga aylanishini sira o’ylamagan ham. Nasiba Abdullayeva ijodi davomida juda ko’plab halqaro tadbir va festivallarda ishtirok etgan hamda gastrol safarlarda bo’lgan. Xonandaning repertuari juda ham boy. U o’zbek, rus, turk, ozarbayjon va fors tillarida qo’shiq kuylay oladi. Xonandaning ko’plab qo’shiqlari xit darajasiga yetgan. Bular «Barigal», «Samarqand», «Aylanay», «Baxt o’zimdadir», «Sog’inch», «Umr bahori», «Eslanar», «Ko’ngil bog’imdan» va «Yetti javohir» qo’shiqlaridir. Nasiba Abdullayeva ijodi davomida ko’plab mukofotlarga erishdi. Xukumatimiz tomonidan ta’sis etilgan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, hamda O’zbekiston xalq artisti unvonlariga ham sazovor bo’lgan.
Nasiba Abdullayeva