Yulduz Ibragimovna Usmonova (1963-yil 12-dekabrda Marg’ilonda tug’ilgan) — o’zbek estrada xonandasi, bastakor. O’zbekiston (1995), Qoraqalpog’iston (2000) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). O’zi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989 y.dan). Dardli va shirali ovoz sohibi. Milliy estrada qo’shiqchiligiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Usmonova ijodi xonandalik va aktyorlik san?atining omuxtaligi, jo’shqinlik, ko’tarinkilik, badiiy izlanuvchanlik, har bir qo’shiq talqinida musiqa va sahna vositalarining yorqinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan o’rin olgan aksariyat qo’shiqlarning (so’zi va musiqasi) muallifi.
Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qo’llash orqali vatanparvarlik ruhidagi jo’shqin monolog, Muhammad Yusuf va boshqalarning she?rlari asosida o’ziga xos da?vat qo’shiqlarni yaratdi («Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston», «O’zingdan qo’ymasin, xalqim», «Elim», «O’zbegim», «Xalq yashar») Shuningdek, 20-asr o’zbek qo’shiqchiligi an’analarida lirik («Nastarin», «Olov yonar yuragimda», «Qizil olma»), hajviy («Nozanin, noziman», «Buxorodan kuyov keldi»), lirik-dramatik («Onaizor», «G’iybat, bo’hton o’ldiradi», «Shoh va gado», «Otajon», «Allohim», «Muhammad Yusufga») qo’shiqlar, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada qo’shiqlarini (jumladan, «Ya, habib» (arabcha), «Dunyo» (turkcha), «Parvardigori» (forscha)) mahorat bilan ijro etgan.
«Bolajon» kinofilmida bosh qahramon rolini o’ynagan, ko’pgina «Temir erkak», «Bolajon», «Olov qa’ridagi farishta», «Tohir va Zuhra yangi talqin», «Sarvinoz», «Muhabbat sinovlari 2» filmlarda rol ijro etgan. «Temir hotin», «Oshiqlar», «Yolg’on dunyo» kinofilmlar uchun qo’shiqlar ijro etgan.
Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). «Sharq qo’shiqlari qirolichasi» unvoniga sazovor bo’lgan (2000, Turkiya). Ijrolari 3 gramplastinka va 20 dan ortiq kompakt diskga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda bo’lgan.
YULDUZ USMONOVA