Tong otib, olamga quyosh charog‘on nurlarini yoygan pallada quraysh shayxlaridan bo‘lgan Abu Tolibning ayoli Asadning qizi Fotima Makka ahlining kunlik odatlariga ko‘ra qiladigan ibodatlari bo‘lgan Ka’bai musharrafani tavof qilish uchun bordilar. Yetib kelib hanuz bir necha martaba ham qa’bai muazzamni aylanib chiqmagan edilar. Birdan qattiq og‘riq tutib qoladi. Shunchalik og‘riq tutadiki, hatto tavofni nihoyasiga yetkazishdan ham to‘xtatib qolgudsk bo‘ladi. Lekin o‘zlarini mahkam tutib, og‘riqqa ham e’tibor etmay tez-tez aylanib tavofni oxiriga yetkazishga shoshiladilar.
TO’RTINCHI HALIFA HAZRAT ALI (raziyallohu anhu) DAVRLARI
HAZRATI ALI KARRAMALLOHU VAJXAHU XALIFALIK DAVRLARI TO’G’RISIDAQISQACHA MA’LUMOT
IKKI SHAHIDNING SHAHID OTALARI
Birdan og‘riq qattiq tutib ketganidan madad istagan holda Ka’baning pardapushlariga osilib atrofga qarab, erlari Abu Tolibni istashga tushadilar. Abu Tolibni topib o‘zlari tushib qolgan holatdan yordam olmoqchi bo‘ladilar. Biroq bexosdan to‘lg‘oq tutib qoladi. Atrofdagilarning ko‘zlari tushib qolishidan uyalib Ka’baning pardapushiga o‘ralib olgan holda orqasiga o‘tib bekinib oladilar.
Mana shu holda Ka’ba pardapushiga o‘ralib odamlar ko‘zidan bekinib turadilar. Bir necha daqiqalar o‘tib-o‘tmay Fotima Ka’ba pardapushiga o‘ralgan bolani ko‘tarib zohir bo‘ladilar. Bu tug‘ilgan bola shunday ulug‘ sharafli makonda, shunday ulug‘ sharafga ega bo‘lgan birinchi bola edi. Bundan avval ham, bundan keyin ham biror bola bunday yuksak sharafga noil bo‘lolmagandur. Olloh taolo quraysh shayxini hamda Islom dini zohirga kelgan paytda ikkinchi ayol bo‘lib dinni qabul qilgan onasini shunday ikromga vosil etdi. Onalari bolaning nomini o‘tgan bobolarining nomini eslab turish-lik uchun Haydar deb qo‘ymoqchi bo‘ldilar, lekin otalari Abu Tolib bolaning yuksak oliy bir maqomda tug‘ilish sharafiga noil bo‘lganligini ko‘rib nomlarini Ali deb qo‘yganlar.
Mana shunday buyuk bir sharafli holatda Hasan va Husaynning otalari ahli baytning vakili bo‘lgan Ali ibni Tolib melodning 601 yilida dunyoga keldilar. Ota-onalarining qo‘ynida sakkiz yoshga qadar (ba’zi rivoyatlarda esa to‘qqiz yoshga qadar) tarbiya topdilar. To‘qqiz yoshga yetgan paytlarida Rasululloh hazratlari Ali ibni Tolibni o‘z tarbiyalariga oladilar. Ibni Ishoq bu voqeani kitoblarida shunday deb rivoyat etadilar:
Quraysh aholisining qattiq qahatchilik balrsi yetganligi aslida Ali ibni Tolibga Ollohning cheksiz in’omi va unga Olloh, yetkizgan yaxshiliklarni iroda etganligi bo‘ldi. Qurayshga ocharchilik yetgan
edi. Abu Tolib serbola odam edilar. Shu sababli bir kuni Rasululloh hazratlari amakilari Abbosga qarab: «(Abbos qurayshlarningboyrohlaridan edilar) «Ey amaki, birodaringiz Abu Tolib serbola odam, ahvolini ko‘rib turibsiz, hamma yoqda ocharchilik, yuring, borib biroz bo‘lsa-da, bolalaridan yengillataylik. Men bittasini olay, siz ham bittasini oling, sal unga yengillatib qo‘yaylik», dedilar. Abbos «xo‘p bo‘lmasa, shunday qilaylik, yuring», deb ikkovlon Abu Tolibning oldilariga kelib, muddaolarini aytdilar. Abu Tolib ularning gaplarini tinglab, «mayli ixtiyor o‘zlaringda», deya javob berdilar. Shundan keyin Rasululloh bolalarning ichidan Alini olib ketdilar. O’z uylarida to Olloh taolo va taborak olamga payg‘ambar qilib yuborgunga qadar birga saqlab yurdilar. Olloh taolo va taqaddus u zot insoniyatni baxt-saodat yo‘llariga yo‘l ko‘rsatishlik uchun olamga rahmat payg‘ambari qilib yuborgan paytida hazrati Ali Rasulullohga ergashdilar va imon keltirdilar, rost deb tasdiq etdilar. Hazrati Ali yosh yigitlar ichida yangi porloq dinga birinchi bo‘lib bo‘ysinganlardan edilar. Va hamda qurayshlar ichida butlarga aslo sajda qilmagan birinchi kishi ham edilar. Mana shu sababga ko‘ra, hazrati Alini karamallohu vajxahu Olloh mukarram qilgan zot deyiladi. Zsro, Rasulullohning xonadonlarida o‘sganliklari tufayli, Rasululloh. hazratlari o‘zlari ham payg‘ambarlik payg‘omi kelmasdan burun butlarga sajda qilishlikni karix ko‘rardilar. Nomaqbul ish deb sanardilar. Mana shunday bir oilada ulg‘aygan bola albatta, o‘sha oilaning muhiti ta’siridan sezilarli hissa olgan edi.
