Ma’n ibn Adiy
Ma’n ibn Adiy (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) Aqoba, Badr va boshqa ma’rakalarida Rasullulloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga qatnashgan sahobalardan. Urva ibn Hishom ba’zi odamlar: “Qaniydi Rasululloh (alayhissalom) vafot etmaslaridan oldin biz o‘lsak, chunki u zotdan keyin fitnada qolishdan ko‘rqamiz”, deyishganida, Man: “Allohga qasam, men u zotdan oldin o‘lishni yaxshi ko‘rmayman, chunki men u zotni tirikliklarida qanday tasdiqlagan bo‘lsam, o‘lganlaridan so‘ng ham shunday tasdiqlashni yaxshi ko‘raman”, deganini aytadi.