Uzoq Joʻraqulov (1967)

1967 yilda Kasbi tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1998 yilda oʻzbek filologiyasi fakulteti “Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti” kafedrasida ilmiy xodim lavozimida faoliyat boshlagan. Hozirda OʻzMUdan ajralmagan holda, OʻzRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti “Adabiyot nazariyasi” boʻlimida katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi. “Fitratning tadqiqotchilik mahorati”, “Hududsiz jilva”, “Yuzini yoʻqotgan odam” nomli kitoblari chop etilgan.


Ilmiy darajasi

Filologiya fanlari nomzodi


Umumiy maʼlumot

U. H. Joʻraqulov 1967 yil 1 yanvarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tugʻilgan.

U. H. Joʻraqulov 1988 yilda, Toshkent davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti kechki boʻlimiga oʻqishga kirgan. 1994 yilda tugatgan. 1998 yilda “Fitratning tadqiqotchilik mahorati” (10.01.03–Adabiyot tarixi; 10.01.08–Adabiyot nazariyasi) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan.

Respublika matbuotida 100dan ortiq maqolasi eʼlon qilingan. 5ta kitobi nashr etilgan. Respublika va xalqaro ilmiy konferinsiyalarda maʼruzalar qilgan.

U. H. Joʻraqulov jahon adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, zamonaviy oʻzbek adabiyoti, adabiy tanqid, XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi muammolari tadqiqi bilan shugʻullanadi.


Olgan taʼlimi va mehnat faoliyati

1985–1987 yy. – Harbiy xizmatda

1988–1994 yy. – Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻZMU) talabasi

1994–1997 yy. – Oʻzbekiston Miliy universiteti aspiranti

1997–2004 yy. – Oʻzbekiston Miliy universiteti “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi katta oʻqituvchisi

2004–2013 yy. – Oʻzbekiston Miliy universiteti “Oʻzbek adabiyotshunosligi va adabiy aloqalar” kafedrasi dotsenti

12.2013 dan (25.12.2016gacha) OʻzMU katta ilmiy xodim-izlanuvchisi

2016 03.09-h. v. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi dotsenti


Hozirda qaysi fandan dars berayapti?

Badiiy tahlil asoslari.

Yangi oʻzbek adabiyoti tarixi.

XX-XX1 asrlar adabiyoti.


Ilgari dars oʻtgan fanlari

Adabiyot nazariyasi.

Yangi oʻzbek adabiyoti tarixi

Hozirgi adabiy jarayon

Rus adabiyoti tarixi

Jahon adabiyoti tarixi


Ilmiy faoliyati

Olib borgan ilmiy izlanishlari: jahon adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, zamonaviy oʻzbek adabiyoti, adabiy tanqid, XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi muammolari tadqiqi bilan shugʻullanadi.

v) Ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari roʻyxati:

Osoyish ayyomi. XX asr oʻzbek adabiyoti masalalari. – T.: Fan, 2012. – B. 151-158.

Xos kalom xosiyati. Sharq yulduzi, 2013,3-son. – B. 129-132.

Koʻzgu siniqlari yoxud aytilmagan soʻz qudrati. Yoshlik, 2013,5-son. – B. 4-7.

XX asr jahon adabiyotshunosligi dargʻasi. Jahon adabiyoti, 2013, iyul. – B. 132-133.

Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida “yoʻl” va “tasodif” xronotopi. “XX1 asr – intellektual-innovatsion gʻoyalar asri”. Respublika ilmiy-amaliy seminari materiallar. – T., 2014.

Ishq qismati shu azal-abad (A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”). Tafakkur jurnali, 2014,3-son. B. 262-263.

“Hayrat ul-abror”da yer va koinot tasviri. OʻzMU xabarlari jurnali, 2014,1/3-son. B. 54-61.

Mixail Baxtin kashfiyotlari. Jahon adabiyoti jurnali, 2014, noyabr. B. 142-151.

“Oʻtkan kunlar” romanidagi syujet poyetikasiga doir. Abdulla Qodiriy ijodining milliy gʻoya targʻiboti va barkamol avlodni tarbiyalashdagi roli. Ilmiy maqolalar toʻplami.-T., 2014. B. 13-24.

El odami – Kavabata. Maʼnaviy hayot jurnali, 2014,3-son. B. 92-99.

Baxtin M. Romanda zamon va xronotop shakllari. Tarjimon, soʻzboshi, sharh va izohlar muallifi U. Joʻraqulov. – T.: Akademnashr, 2015.12,15 b. t.

Mixail Baxtin kashfiyotlari. – Jahon adabiyoti jurnali, 2014, noyabr. B. 143-153.

Mangu bedorlik. Tafakkur jurnali, 2015,2-son. B. 74-81.

“Xamsa” janri muammosiga doir. “Alisher Navoiy “Xamsa”si va uning Sharq adabiyoti taraqqiyotidagi ulkan mavqei” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari toʻplami, Samarqand: SamDU nashri, 2015.

Roman xronotopi masalasiga doir. TDPU ilmiy axborotlari jurnali, 2015, №1 (2). B 64-68-bet.

Nazariy poetika masalalari: Muallif. Janr. Xronotop. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi matbaa-ijodiy uyi, 2015.22,25 b. t.

Komediyalar muarrixi. Oʻzbekiston matbuoti jurnali, 2016,3-son. B. 35-39.

“Hayrat ul-abror” va “Qutadgʻu bilig”. “Zamonaviy oʻzbek adabiyotshunosligining yangilanish tamoyillari” mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. – T., 2016. – B. 105-110.

Navoiyda “abror” istilohi. “Zamonaviy oʻzbek adabiyotshunosligining yangilanish tamoyillari” mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari.-T., 2016. B. 183-188.

Navoiyda “hayrat” tushunchasi. “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari.-T.: Tamaddun, 2016. B. 88-93.