Tohira Hojiyevna Toshboyeva
Tavallud topgan sana:
7 sentyabr 1938 yil
Vafot etgan sana:
23 aprel 2022 yil
Tug'ilgan joy:Toshkent shahri
Yo'nalishlar: Tarixchilar
Tarjimai hol
Tohira Hojiyevna Toshboyeva (07.09.1938 — 23.04.2022) — o‘zbek olimi, etnograf, tarix fanlari doktori (1994), etnologiya va antropologiya sohasi bo‘yicha yetakchi tadqiqotchi.
U 1938-yil 7-sentyabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida dunyoga keladi. Onasi — Mohinur Nazirova nafaqaxo‘r bo‘lgan. Toshboyeva Toshkent shahridagi 42-o‘rta maktabni tamomlagach, 1955-yildan — 1960-yilgacha Markaziy Osiyo davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tarix fakultetini tugatgan. Ustozlari orasida M.Ye.Masson, P.Kovalev, I.M.Muminov, L.V.Gentshke kabi mashhur olimlar bor edi.
Mazkur universitetni tugatgach, Toshboyeva aspiranturaga kiradi, u mintaqaning madaniy merosini o‘rganish va ommalashtirishga hamda O‘zbekistonni ommalashtirishga salmoqli hissa qo‘shgan taniqli etnolog O.A.Suxareva bilan T.Teshaboyevalar ekspeditsiyaga chiqishadi, u yerda Tohira xorij tillari bo‘yicha bilimlari, o‘zining tirishqoqligi va tinglash qobiliyati, tafsilotlarni shakllantirish bo‘yicha tajriba-bilimlari bilan uning uslubi shakllanadi va bu maydondan olingan materiallarni tafsilotlarini umumlashtira olish bilan xarakterlanadi. 1968-yilda T.X.Toshbayeva o‘z dissertatsiyasini himoya qiladi.
U 1994-yilda Moskva shahridagi Rossiya Fanlar akademiyasining N.N.Mikluxo-Maklay nomidagi Etnologiya va antropologiya institutida “O‘zbek qishloq aholisining zamonaviy oilasi va oilaviy hayoti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1990-yillarda Respublika mustaqillikka erishishi bilan T.H.Toshboyeva O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ilmiy Kengashning ilmiy kotibi bo‘lib ishlagan, uning raisi akademik Ahmadali Asqarov bo‘lgan.
Toshboyeva Tohira Hojiyevna o‘zbek madaniy merosini o‘rganish va ommalashtirish uchun salmoqli ish qilgan O. A. Suxarevaning shogirdi bo‘lib, o‘z ishini davom ettiradi va O‘zbekistonda etnografiyaning rivojlanishiga, o‘zbek xalqining urf-odatlari va marosimlari haqidagi ilmiy bilimlarni ommalashtirishga katta hissa qo‘shadi.
YUNESKO olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra Tohira Hojiyevna Toshboyeva Markaziy Osiyodagi nomoddiy madaniyat bo‘yicha ekspertlar ro‘yxatiga kiritilgan. T.H.Toshboyevaning “Bolalar tarbiyasi uchun yangi marosimlar”, “O‘zbeklar oilasining kundalik hayotida yangilik va anʼanalar” (M.D.Savurov bilan birgalikda) kabi ilmiy izlanishlar o‘zbek millatining etnografiyasida muhim manba bo‘lib, dunyoning yetakchi taʼlim va tadqiqot markazlari kutubxonalarida, masalan, Prinston universiteti, Toronto universiteti, Stenford universitetlari kutubxonalarida saqlanadi.