Abdulazizxon haqida

Abdulazizxon haqida

Abdulazizxon


Tavallud topgan sana:
1614 yil


Vafot etgan sana:
1683 yil


Tug'ilgan joy:Buxoro


Yo'nalishlar: Hukmdorlar



Tarjimai hol


Abdulazizxon (1614-1683) - hokimiyatni 1645-1681 yillarda boshqargan, Ashtarxoniylar sulolasi vakili, Buxoro xonligining beshinchi xoni.



Abdulazizxonning otasi Nodir Muhammadxon xonlikni oz muddat boshqargan. Nodir Muhammadxon xokimiyat tepasida o‘tirgan vaqtlarda soliq yig‘ishni keskin oshiradi va oddiy xalqning qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga sabachi bo‘ladi. Natijada u Balxga qochishga majbur bo‘ladi, chunki xattoki uning o‘g‘illari ham otasiga qarshi chiqishni boshlashadi. Nodir Muhammadxon qo‘zg‘olonni bostira olmaydi va Hindiston hukmdori Bobur sulolasi vakili Shox Jaxondan (1623-1659) harbiy yordam so‘raydi.



Nodir Muhammadxon keyinchalik Shox Jaxon rejasini tushinib yetadi, unga ko‘ra Hindiston harbiylari Buxoro xonligini bosib olib, Muhammadaxonni o‘zini ham asirga olishi va xonlikni o‘ziga bo‘ysindirmoqchi bo‘ladi. Nodir Muhammadxon katta qiyinchiliklar bilan Eronga boradi va shoxga o‘zining Buxorodagi hukmronligini qayta tiklashda yordam so‘raydi.



Shu davrlarda Nodir Muhammadning Xo‘jandda saroyida Nazarboy ismli amir bo‘lib, u Sanjarni xondan so‘ng vaqtinchalik sulton sifatida tayinlaydi va keyinchalik uni o‘zi o‘ldiradi. Shundan so‘ng taxtga Abdulazizxon o‘tiradi. Yangi xon Eron va Hindistonga qarshi baravariga urush olib boradi. Ikki yil davom etgan urushda Shox Jaxon boshchiligidagi Hindiston qo‘shinlari mag‘lub bo‘ladi. Nodir Muhammadxon esa Eronga sufividlar tomonga qochib ketadi. Natijada hokimiyat to‘laligicha Nodir Muhammadxon o‘g‘li Abdulazizxonga o‘tadi.



1660-1680 yillar mobaynida hamisha Xorazm hukmdorlari Abulg‘aziyxon va Anushxon hamda Qozoq xonlari Buxoro xonligiga yurish qilib, talon taroj qilishga urinishgan.



Abdulazizxon davrida Xonlikda Samarqand xokimi Yalangtush Baxodirning (1605-1656) ta’siri juda katta bo‘lgan, ular o‘zaro dushman bo‘lishiga qaramay, Shox Jaxonga qarshi birgalikda jang olib borishgan.