Turg‘unboyeva Mukarram haqida

Turg‘unboyeva Mukarram haqida

Turg‘unboyeva Mukarram


Tavallud topgan sana:
1913 yil


Vafot etgan sana:
1978 yil


Tug'ilgan joy:Farg‘ona


Yo'nalishlar: Raqqos va raqqosalar





Tarjimai hol


Mukarram Turg‘unboyeva - SSSR xalq artisti, O‘zbekistonning atoqli raqqosasi, Davlat mukofoti laureati, baletmeyster, ommaviy o‘zbek sahna raqsi tashkilotchisi, Davlatda xizmat ko‘rsatgan “Bahor” nomli mashhur xalq raqsi ansamlining asoschisi, Toshkent xoreografiya bilim yurtida ta’lim beriluvchi “Doyra daryo” nomli xoreografiya mahoratini o‘rgatuvchi o‘zbek raqs maktabining tashkiliy mualliflaridan biri.



Mukarram Turg‘unboyeva 1913 yil bahorda tug‘ilgan. Tug‘ilgan kunining aniq sanasini bilolmay, teatrga ishga kirgan kuni, ya’ni 16 sentabrni o‘zining tug‘ilgan kuni deb hisoblashga qaror qilgan. Biroq, keyinroq Mukarrama tug‘ilgan kuni uchun bahorning qoq gullagan pallasi - 31 may kunini tanlagan. Mukarram ota-onasini eslay olmagan, zero, ular barvaqt olamdan o‘tgan, u dodasi va buvisinigina eslay olgan. 1927 yil maktabni bitirib, pedagogika texnikumiga o‘qishga kirgan, 1929 yil esa ham aktrisa, ham O‘zbek Davlat musiqali teatr studiyasi talabasiga aylanadi, umrining qolgan yillarini san’atga bag‘ishlaydi.



1929 yildan 1933 yilgacha Turg‘unboyeva musiqali teatr studisida milliy raqsning atoqli pedagogi Usta Olim Komilov, mohir raqqos va artist Yusup Qiziq Shakarjonov, farg‘onacha xoreografiya bilimdonlari, shuningdek, o‘zbek raqsi hamda ovrupacha mumtoz raqs qonun-qoidalari, milliy-sahna va estrada raqsi bo‘yicha keng bilimlarni egallagan Tamara Xonim kabi ustozlardan saboq olgan. Rossiyadagi taniqli baletmeyster va pedagog Konstantin Bek studiyada ovrupa mumtoz raqsidan dars bergan, keyinroq, Mukarram mashhur peterburglik baletning sobiq prima-balerinasi Yekaterina Obuxova, iqtidorli baletmeyster-yangilik olib kirgan inson Ilya Arbatov, Aleksandr Tomskiy va Pavel Yorkinlar boshchilik qilgan baletda faoliyat yuritgan.



Mukarram studiyada solfedjiodan dars bergan pedagog Sayanovaning qo‘lida qo‘shiq kuylashni o‘rgangan. Mahoratli bilimlar majmui Mukarramaga milliy raqs harakatlarini o‘rganib, nafas olish usullari, mushak-bo‘g‘imlarning ishlashi kabi ijodiy jarayonning barcha tayyorlov holatlarini yashirishni o‘rgandiki, tomoshabinlar tana harakatini ko‘rmay, faqat qalb harakatlanishini qabul qilishardi.



1929 yil Mukarram Turg‘unboyeva musiqali teatr artisti Xoldorov Nizom Xoldorovichga turmushga chiqdi, 1934 yil esa ularning farzandi Xoldorov Telman Nizomovich dunyoga keldi. Mukarramaning turmush o‘rtog‘i Nizom Xoldorov urushga ketadi va tez orada urushdan qoraxat keladi. Ammo u o‘lmagan bo‘ladi va urushdan qaytib keladi.



Mukarram o‘zbek xoreografiyasining oltin fondiga kiritilgan “Tanovar”, “Katta o‘yin”, “Jonon”, “Pilla”, “Paxta” kabi o‘zbek milliy raqsining asoschisi va ijrochisi hisoblanadi. Uning har bir chiqishi chinakam doston edi. Bu haqda taniqli san’at va madaniyat arboblarining u haqdagi fikrlari ham tasdiqlaydi.



1957 yil Mukarram Turg‘unboyeva “Bahor” milliy raqs ansamblini yaratadi. 1960 yil “Bahor” O‘zbekiston Davlat milliy raqs ansamliga aylanadi. Ansamblning tashkil etilish kuniga Turg‘unboyeva konsert chiqishlari va opera spektakllari uchun ko‘plab ommaviy raqslarni sahnalashtirishga ulguradi.



1934 - 1957 yillar O‘zbek respublika balet maktabining pedagogi (hozirgi Toshkent davlat  oliy xoreografiya va milliy raqs oliygohi). Uning o‘quvchilari orasida G. Izmaylova, K. Mirkarimova, Gulnora Mavayeva, Ra’no Nizomova, Valentina Romanova, Tamara Yunusova, Ravshanoy Sharipova, Ma’mura Ergasheva, Nasiba Madrahimova, O‘g‘iloy Muhamedova kabi yetuk san’atkorlar vujudga kelgan.



Mukarram Turg‘unboyeva 1978 yil 26 noyabr kuni vafot etgan. Toshkent shahridagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.



Ijodiy ishlari



Balet partiyalari



* 1939 - Shohida F. S. Tal - Shohida



* 1940 - Gulandon Ye. G. Brusilovskiy - Gulandon



* 1945 - Bog‘chasaroy favvorasi B. V. Asafeva - Zarema



* 1946 - Oqbilak S. N. Vasilenko - Oqbilak



Raqs kompozitsiyalari



* “Kutish”



* “Jasur qiz”



* “Namanganning olmasi”



Mukofot va unvonlari



* Ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1946) - o‘zbek raslari ijrosidagi yetuk natijalari uchun



* Uchinchi darajali Stalin mukofoti (1951) - T. S .Sodiqov va R. M. Glierlarning “Gyulsara” opera spektaklidagi ishtiroki uchun



* SSSR Davlat mukofoti (1973)



* Lenin komsomoli mukofoti (1967)



* Hamza nomidagi O‘zbek SSR Davlat mukofoti (1967)



* Lenin ordeni (1951)



* Ikkita Qizil Mehnat nishoni ordeni (1937, 1950)



* Ikkita “Znak Pochyota” ordeni (1957, 1965)



* “Mehnat jasorati” medali (1941)



* “Mehnat a’lochisi” medali (1945)



* “1941-1945 yillar Ikkinchi Jahon urushidagi jasoratli mehnati uchun” medali (1945)



* “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (2001) (o‘limidan so‘ng)



* O‘zbek SSR xalq artisti (1937)



* SSSR xalq artisti (1959)