Melnikova Galina haqida

Melnikova Galina haqida

Melnikova Galina


Tavallud topgan sana:
23 dekabr 1936 yil


Tug'ilgan joy:Toshkent


Yo'nalishlar: Aktyor va aktrisalar





Tarjimai hol


O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist. Oliy mansabli suhandon. “Axborot” dasturini, bayram kontsertlarini, reportajlar, hukumat kontsertlarini olib borgan. Shuningdek, “Radio Terra” suhandoni. “Do‘stlik” ordeni, RFning “A.S. Pushkin” medali bilan taqdirlangan, “Oltin qalam” milliy mukofotiga loyiq topilgan.



Galina Melnikova televideniyeda 1956 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Ko‘p yillar mobaynida “Axborot” informatsion dasturini, shuningdek, bayram tadbirlarini olib borgan.



Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016 yilning 23 dekabrdagi farmoyishi bilan, Galina Melnikovaga “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni berilgan. Bu kun taniqli suhandon tavalludining 80-yilligini nishonlayotgan edi.